Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet57/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Oqbosh karam. Oqbosh karam – sovuqqa chidamli ekin. O’zbekistonning janubida uni ochiq maydonda kuzgi ekin sifatida yetishtirish mumkin. Mamlakatimizning markaziy mintaqalarida kuzgi ekin sifatida yetishtirilsa qishki sovuqlardan himoya qilishga muhtojdir.
Oqbosh karamni erta bahorgi muddatlarda yetishtirilganda plyonkali yopqichlarni qo’llash samara beradi, chunki bu usulda yetishtirilganda ko’chatlari, nisbatan barvaqt ekiladi, o’simlikning o’suv davri boshlanishida harorat tartiboti yaxshilanib, hosili 20-25 kun oldin yetiladi.
Oqbosh karamni erta bahor muddatida kichik hajmli plyonkali tonnellar asosida yetishtirilganda faqat ertagi navlar ekilishi kerak.
Kuzgi ekin sifatida yetishtiriladigan oqbosh karamga uzoq vaqt ijobiy past harorat ta’sir etadi va rasmiy navlar bahorda karambosh hosil qilmay ko’p gulpoya chiqaradi. SHuning uchun gulpoya chiqarishga moyil bo’lmagan navlar kuzda ekilishi kerak. Bizni mamlakatimizda tumanlashtirilgan navlardan mahalliy Derbentskaya va Ozarbayjonning ertagi o’rtagi Apsheronskaya navlari gulpoya chiqarishga chidamli hisoblanadi.
Oqbosh karamni erta bahorda plyonkali tonnellar ostida yetishtirish uchun ko’chatlari isitiladigan issiqxonalarda tayyorlanadi. Ko’chatini yetishtirish texnologiyasi gulkaram ko’chati yetishtirish texnologiyasiga o’xshashdir. Ertagi karam ko’chatini yetishtirishga urug’ini 5-10 dekabrda sepish O’zbekistonning markaziy mintaqalari uchun eng qulay muddat hisoblanadi. Ko’chatlarni tuvakchasiz yetishtirish va ekish eng erta hosil va iqtisodiy samara olishni u darajada ta’minlamaydi. 60-65 kunlik ko’chatlar eng yaxshi hisoblanadi. Ekish muddati va usullari gulkaramnikiga o’xshash.
Ko’chat sm shaklda, qo’shqatorli lentasimon usulda ekilib, gektarga 50 ming tup o’simlik joylashtiriladi. Ko’chat ekilganidan so’ng, gulkaram yetishtirishdagi kabi, bir tonnel bir lentaning ikki qatori ustiga o’rnatiladi.
Ko’chatlarni yaxshi tutib olishini ta’minlash uchun havo namligini ko’tarish, tuproq qizishini tezlatish maqsadida tonnel o’rnatilganidan so’ng 3-4 kun mobaynida shamollatilmay yopiq holda saqlanadi. SHundan so’ng oftobli kunlarda ko’chatlarni qizib ketishidan saqlash uchun shamollatish boshlanadi. SHamollatish jadalligi quyosh radiatsiyasiga bog’liqdir.
6-8 kun o’tgandan keyin tutmay qolgan nihollar o’rniga yangisi ekiladi. Undan bir hafta o’tgandan yoki ko’chat ekilganidan 12-15 kundan so’ng tonnel ustidagi plyonkani bir tomoni ko’tarib qo’yilib, birinchi kompleks ishlov beriladi. Ishlov berishda ko’chat atrofi tuprog’i yumshatiladi, chopiq o’tkaziladi va o’g’it beriladi. Birinchi oziqlantirishda gektariga ta’sir qiluvchi modda hisobida 70-80 kg azot va 30-40 kg fosfor foydalanilayotgan o’g’it turiga aylantirib beriladi. SHundan so’ng tonnel ostidagi lentaning qator orasi tor egatlari o’rtasida ketmon yordamida suv quyiladigan jo’yaklar olinadi. So’ng suv qo’yiladi, sug’orish tugaganidan keyin plyonka yopilib chetlari tuproq bilan bostiriladi.
Mart oxirida tonnelning plyonka va sinchlari to’liq yig’ishtirib olinadi. Bundan keyin ikkinchi marta mexanizmlar yordamida ikkinchi kompleks ishlov beriladi. Bunda egatlarning tor va keng oraliqlari traktor kultivatorlari yordamida yumshatiladi. So’ng qatordagi o’simliklar oralig’i ketmonda yumshatilib chopiq qilinadi. Keyin har bir egat oralig’ida jo’yak olinadi va bir yo’la o’g’it beriladi. Bu oziqlantirishda 60-70 kg/ga faqat azotli o’g’it beriladi. Organik o’g’it bilan oziqlantirish foydalidir.
Keyinchalik, lentaning tor oraliqli egatlari o’rtasiga ishlov berilmaydi, chunki o’simliklar barglari ular ustida tutashib ketadi. Keng qator oraliqli egatlarga 1-2 marta qo’shimcha ishlov beriladi, so’ng esa faqat sug’orishlar bilan chegaralanadi. Karamboshning yetilishiga ko’ra hosili 3-4 marta teriladi. May oyining boshlanishida yetilgan karamboshlar birinchi marta teriladi.
Oqbosh karam kuzgi ekin sifatida yetishtirilganda, uni ko’chati, ekiladigan maydon yaqinida ochiq yerda tashkil etilgan ko’chatxonada yetishtiriladi.
Urug’ ko’chatxonaga sentyabr oyining oxirgi dekadasida sepiladi. Ko’chat pikirovka qilinmasdan va tuvakchasiz usulda yetishtiriladi. 1 m2 yuzaga 2 g urug’ ekiladi. Urug’, marker belgilagan chuqurchaga, 5×4 sm yoki 5×5 sm li oziqlanish maydoniga ega qilib, yoki sochma usulda sepiladi. Ko’chat dalaga noyabr oyining ikkinchi yarmida ekiladi. Tuproqni ekishga tayyorlash gulkaram uchun tayyorlashga o’xshashdir.
Ko’chat qator orasi 70 sm, qatorlardagi o’simliklar oralig’ini 28-30 sm qilib ekiladi. Ko’chatlarni yaxshi tutishini ta’minlash maqsadida uni ustiga bir necha kun mobaynida eski plyonka yopib qo’yiladi. Bir haftadan so’ng, tutmay qolgan ko’chatlar o’rniga yangisi ekiladi.
Oqbosh karam ustiga noyabrda va qishki oylar mobaynida faqat harorat nul darajadan pasaysa shu davrda plyonka yopiladi. Yopqich, hech qanday sinchlarsiz, o’simlik ustiga yopiladi. Karamni arkasimon plyonkali tonnellar ostida ham yetishtirish mumkin. Ammo bu ekinni yetishtirishni qiyinlashtiradi va har doim iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaybermaydi.
Kuzda ekilgan karam ustidan plyonka fevral oxiri mart oyining boshlarida yig’ishtirib olinadi va qator orasiga kultivatsiya solinib, o’simliklar orasi ketmonda yumshatiladi hamda chopiq qilinadi. SHundan so’ng mineral o’g’itlar to’liq berilib jo’yak olinadi. Kuzgi ekin, birinchi kompleks ishlovdan so’ng, yorug’lik va yuqori harorat yetarli sharoitda baquvvat barglar hamda ildiz tizimini rivojlantiradi. Keyingi parvarishlash qator orasiga 1-2 marta ishlov berish va 2-3 sug’orishdan iborat bo’ladi.
Oqbosh karamning birinchi hosili aprel oyining ikkinchi dekadasida pishadi. May oyining boshlanishida hosil yoppasiga yig’ishtiriladi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.