|
Tonnellarni o’rnatish va mikroiqlimni boshqarish
|
bet | 55/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaTonnellarni o’rnatish va mikroiqlimni boshqarish. O’zbekistonda sim sinchli yoysimon (arochniy) plyonkali qurilmalar eng ko’p tarqalgan. Ularni konstruktiv tuzilishi yuqorida keltirilgan. Tonnellar kengligi va balandligi yetishtiriladigan ekinga bog’liq bo’ladi. Qatorlab ekilganda, tonnellar bir-biriga yaqinlashtirilgan lentasimon ikki qator ustiga o’rnatiladi. Lentalar oralig’idagi masofa yo’lka sifatida foydalaniladi.
Sovuqbardosh sabzavotlar yetishtirilayotganda, sinch ustiga plyonka ekish va urug’ sepishga 4-5 kun qolganda qoplanadi yoki plyonka tuproq ustiga to’shalib chetlari tuproq yoki boshqa material bilan bostiriladi. Tuproq yetarli darajada qiziganda urug’ sepish yoki ko’chatlarni ekishga kirishiladi.
Issiqsevar sabzavotlarni sepish va ekish oldidan yerni mart oyining oxirgi dekadasida qizdirish 1-2 kunga qisqaradi.
Tonnel qurilayotganda avval tayanch sinchlar o’rnatiladi va ular 3-4 qator kanop ip bilan bir-biriga mahkamlanadi. Bunday sinchlar usti plyonka bilan yopiladi. Plyonka chodirining bir tomoni tuproq bilan bostiriladi yoki qoziqlarga mahkamlanadi. Tonnelning ochiq tomonidan urug’lari sepiladi va ekiladi. So’ng plyonkaning ikkinchi tomoni ham yopilib tuproq bilan bostiriladi. Tonnelning oldi va orqa tomonlari plyonkalari taxlanib, qoziqlarga bog’lanadi.
Kuchli shamol bo’ladigan tumanlarda sinch ustiga qoplangan plyonka ustidan har 6-7 m da bittadan mahkam ushlab turadigan yoylar o’rnatiladi. Mahkamlovchi yoylar bo’lmasa sinch asosidan plyonka ustiga chalkashtirib kanop tortiladi.
Arkasimon plyonkali tonnellarni yorug’lik bilan yaxshi ta’minlash uchun ularni shimoldan janubga yo’naltirgan holda joylashtirish, tonnellarni daraxtlar bilan soyalanishiga, o’simliklarni me’yoridan ortiq zichlantirmaslikka yo’l qo’ymaslik va o’simliklar qo’shni qatordagiga nisbatan shaxmat tartibida joylashtirilishi kerak.
Ikki qabatli yopqichlarni qo’llab issiqlik yo’qolishini kamaytirish mumkin. Sezilarli darajada havo haroratini pasayishi va sovuq boshlanishi davrida plyonkali tonnellar ustiga qo’shimcha ikkinchi qavat plyonka yopilishi yoki biron-bir nur o’tkazmaydigan: chipta bordon, qalin qog’oz, qalin materialni yoki boshqa narsalar yopilishi mumkin.
Oftobli kunlarda plyonkali tonnellar qizib ketsa shamol-latib harorati pasaytiriladi. Qizish darajasiga ko’ra oldi va orqa tomoni ochilib, zaruriyat bo’lsa yon tomonlari ham ochilib shamollatiladi. Yon tomonlari plyonkalarini shamollatishda ko’tarib qo’yish balandligi tashqi muhit havosining haroratiga bog’liq. Kuchli shamol davrida shamol esayotgan tomonning qarama-qarshi tomoni plyonkasi biroz ochiladi. Qizish ta’sirini perforatsiya qilingan plyonka qo’llab pasaytirish mumkin. Perforatsiya qilingan plyonka teshiklari soni va diametriga ko’ra perforatsiya qilinmaganga nisbatan tonnel ichidagi havo haroratini 1-2°S pasaytiradi.
Sabzavot ekinlarini plyonkali tonnellar ostida yetishtirilganida havoning juda yuqori nisbiy namligi bilan to’qnashib turiladi. Buni oldini olishning eng qulay vositasi – shamollatishdir. Ammo, sovuq davrda plyonkali inshootlarni shamollatish tavsiya etilmaydi. SHuningdek, perforatsiya qilingan plyonkalarni qo’llash qurilmaning ichki havosi bilan atmosfera o’rtasida jadal havo almashinishi tufayli u yaxshi natija beradi.
|
| |