Sovuqbardosh ekinlarni yetishtirish texnologiyasi




Download 16,04 Mb.
bet56/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

15.1.2. Sovuqbardosh ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
Gulkaram. Plyonkali tonnellarda yuzaga keladigan o’ziga xos mikroiqlim sharoiti yetishtiriladigan navlarga nisbatan quyidagi talablarni qo’yadi: haroratlarni keskin o’zgaruvchanligi va past haroratga, yuqori namlik va kasalliklarga chidamli, tezpishar va birinchi hosil berish davridan bir me’yorda mahsulot beradigan, ser hosil va karamboshi yuqori sifatli bo’lishi kerak. Tonnel ostida issiqxonada o’stiriladigan navlar yetishtiriladi.
Plyonkali tonnellarda gulkaram yetishtirishda uni ko’chati sifati va yoshiga alohida e’tibor beriladi.
Ko’chat yetishtirish uchun urug’ni ekishga tayyorlash, ochiq yer uchun ko’chat o’stirishga tayyorlagandek tayyorlanadi. Plyonkali tonnel ostida gulkaram o’stirish uchun ko’chati isitiladigan oynavand yoki plyonkali issiqxonalarda yetishtiriladi. 1 ga plyonkali tonnellarda yetishtirish uchun 45-50 ming tup ko’chat kerak, uni tayyorlash uchun 150-220 m2 issiqxona maydoni talab etiladi.
Gulkaram ko’chati odatda tuproqqa pikirovka qilib yoki 6×6×6 sm, yoki 4,5×4,5×4,5 sm o’lchamli 40% chirindi, 40% chim tuproq va g’ovaklashtiruvchi materiallardan tayyorlangan oziqali kubik va tuvakchalarda yetishtiriladi. 1 m2 yuzaga 10-12 g urug’ 1 sm chuqurlikka ekilib 2000-2500 dona maysa olinadi, ular chiqqanidan 12-15 kundan so’ng pikirovka qilinadi. Ko’chat pikirovkasiz usulda yetishtirilsa, 1 m2 ga 3 g urug’ sepiladi.
Plyonkali tonnel ostiga ekish uchun gulkaramning 60-70 kunlik ko’chati foydalaniladi. SHuning uchun tonnel osti doimiy joyiga ko’chat yetishtirish uchun urug’, ko’chat ekilishidan 65-75 kun oldin sepilishi kerak. Toshkent viloyati sharoitida bu 5-15 dekabrga to’g’ri keladi.
Ko’chat yetishtirish texnologiyasining issiqlik va namlik tartiboti, oqbosh karam ko’chatini ochiq maydonga yetishtirish texnologiyasiga o’xshashdir.
Gulkaramni kichik hajmli plyonka tonnellar ichida yetishtirishda oziqali tuvakchalarda yetishtirilgan ko’chatini ekish uni ahamiyatini oshiradi.
Gulkaramdan yuqori va erta hosil olish muvaffaqiyatini – ko’chatni plyonkali tonnellar ostiga ekish muddati belgilaydi. Juda erta muddatda ekilgan ko’chatlar o’suv davri boshlanishida harorat yetishmasligidan qiynaladi, kechikib ekilganlari o’suv davrini ikkinchi yarmi yuqori haroratli kunlarga to’g’ri keladi, natijasida karamboshi hosil bo’lishi kechikadi, shakllanishi esa 4-7 kunga tezlashadi, hosil bo’lgan karambosh vazni yengil va tovarbopligi pasayadi.
Toshkent shahri atrofida yetishtirilgan gulkaramning birinchi hosili: ko’chat 10-fevralda ekilganda 15-19-aprelda, 20-fevralda – 22-27-aprelda, 1-martda – 3-5 mayda, 10-martda ekilganlarniki – 7-10 mayda teriladi. 10-fevralda tonnel ostiga ekilgan ko’chatlar eng yuqori va ertagi, 20-fevralda ekilganlari esa yuqori sifatli tovarbop (ochiq maydonga 1-martda ekilganga nisbatan 54% yuqori) hosil beradi.
Ertagi va yuqori hosil olishda ekiladigan ko’chatining yoshi ma’lum darajada katta ahamiyatga egadir. Bir muddatda ekilgan 70 kunlik ko’chat 60 kunlik ko’chatga nisbatan mahsulot berishi 13 kunga, 50 kunlikka nisbatan esa – 20-22 kunga tezlashgan.
Gulkaram plyonkali tonnellar ostida kichik maydonlarda yetishtiriladi. SHuning uchun uning ko’chatlari kuzda tayyorlab qo’yilgan egatlarga qo’lda ekiladi. Erta muddatda ko’chat ekishda tuproq namligi odatda yuqori bo’ladi, shuning uchun ekish oldidan va ko’chat o’tkazilgandan keyin sug’orishlarga zaruriyat bo’lmaydi.
Egatlar 70 sm oraliqda kuzda olib qo’yiladi. Ko’chatlar qo’shqatorli lentasimon usulda 90+50 sm shaklda ekiladi, buning uchun har egatning ichki yon tomonida chuqurligi 12 sm va diametri 8-10 sm li chuqurchalar kavlanadi. Bo’lajak bir lentaning ikki qatori bir-biridan 50 sm oraliqda joylashadi. Lentalar orasidagi masofa (qo’shni lentalar qatorlari orasidagi) – 90 sm bo’ladi.
Ko’chat ekish uchun egatning o’rkachi bo’ylab har 30-35 sm oraliqda chuqurchalar qilinadi. Ko’chat chuqurchalarga birinchi chin barg bandigacha botirib ekilib, tuprog’i ezib qo’yiladi. Bunda o’sish nuqtasiga tuproq tushirilmasligi kerak. Ko’chatni juda chuqur va yuza ekish maqsadga nomuvofiqdir.
Ekib bo’lgandan so’ng bir lentaning ikki qatori bir tonnel bilan yopiladi. Lentalararo bo’shliq plyonka chetlarini bostirish va yo’lka o’rnida foydalaniladi. Tonnel qurishda oldin sim yoylar o’rnatiladi. Bu tayanch yoylar bilan tonnelning balandligi 50-60 sm va asosi 90-100 sm bo’lgan ko’ndalang kesimi hosil qilinib, yoylar 3-5 qator kanoplar bilan bir-biriga mahkamlanadi.
Plyonkaning germetikligi sababli tonnel ichida havoning nisbiy namligi, ochiq maydondagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Bu o’simliklarni kasalliklar bilan zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin. SHuning uchun tonnellar muntazam ravishda shamollatilishi kerak. SHamollatish qulay oftobli kunlarda o’tkaziladi. Toshkent viloyati sharoitida plyonka gulkaram ustidan aprel oyining birinchi dekadasida yig’ishtirib olinadi.
Ekinlarni parvarish qilish ko’chat ekilganidan va tonnel qurilganidan so’ng boshlanadi. Ko’chatlarni yaxshi tutib olishi uchun havo namligi ko’paytirilib tuproq haroratini ko’tarish kuchaytiriladi. SHu maqsadda birinchi 3-5 kun mobaynida tonnellar shamollatmasdan yopiq holda ushlanadi. Ko’chat ekilganidan 8-10 kundan so’ng tutmaganlari o’rniga ko’chatlar yangidan ekiladi.
Ko’chat ekilganidan 15-20 kundan so’ng qator orasi yumshatilib chopiq o’tkaziladi va o’g’it beriladi. Keyin tonnel ostida 50 sm oraliqda joylashgan egatlar o’rtasidan sug’orish ariqlar ochiladi. Bu jarayonlarning barchasi, tayanch yoylar ustiga plyonkani ko’tarib qo’yib, qo’lda bajariladi. SHuning uchun bularni barchasi qulay ob-havoda o’tkaziladi. O’g’it berilganidan so’ng sug’oriladi, bu bajarilgandan keyin, plyonka qayta yopiladi va chetlari tuproq bilan bostiriladi.
Marta oxiri – aprel boshlarida issiq ob-havo turg’un bo’lishi bilan gulkaram ustidan tonnellar olinib issiqsevar ekinlar ekilgan egatlar ko’chirib qo’yiladi, 5-7 kundan so’ng esa ikkinchi marta kompleks ishlov beriladi. Birinchi ishlov berishdan ikkinchi ishlov berishning farqi, qator orasiga ishlov berish, o’g’it berish va egat ochishlarning barchasi traktor hamda mexanizmlar yordamida bajarilishidadir. Oziqlantirilganidan so’ng lentaning har ikki arig’i bo’ylab sug’oriladi.
Mineral o’g’itlar har oziqlantirishda: azot – 60-70 kg/ga, fosfor va kaliydan 30-50 kg/ga dan hisobida beriladi. Organik o’g’itlar bilan oziqlantirish yaxshi samara beradi.
Keyinchalik o’simliklar egat usti va ariqlarni qoplaydi, bu davrda qo’l va mexanizmlar yordamida ishlov berish ishlari to’xtatiladi. Zaruriyat bo’lsa yirik begona o’tlar qo’lda yulib olinadi. Bu davrda yana uch-to’rt marta sug’oriladi.
Gulkaram boshchasi quyosh nuri ta’sirida rangi ko’karib iste’molga yaroqsiz bo’lib qoladi. SHuning uchun parvarishlash usulining zaruriy muhim jarayoni uni quyosh tig’idan saqlashga harakat qilishdir. Soyalashtirish uchun karam ustiga karam boshchasi hosil bo’laboshlashida pastki barglaridan bir-ikkitasi sindirib olinib yopib qo’yiladi yoki tashqi barglarining bir nechtasi uchki qismi to’plab kanop bilan bog’lab qo’yiladi.
Gulkaram boshchalari bir vaqtda shakllanmaydi va yetilmaydi. SHuning uchun hosili 4-6 marta teriladi. Kesib olingan boshchalari yashik yoki korzinalarga joylashtirilib usti barglari bilan soyalab qo’yiladi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sovuqbardosh ekinlarni yetishtirish texnologiyasi

Download 16,04 Mb.