Ekish muddatlari va usullari




Download 16,04 Mb.
bet64/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Ekish muddatlari va usullari. Pomidor O‘zbekistonda qishki issiqxonalarning barcha aylanishlarida yetishtiriladi. Issiqxonalarga pomidor ko‘chati kuzgi – qishki aylanishda avgust oyida ekiladi, birinchi hosil noyabrning o‘rtalarida terilib, yanvar boshlarigacha o‘stiriladi. O‘tuvchan aylanish mavsumi uchun ko‘chat sentabrda ekiladi, ayrim issiqxona soxibkorlari esa oktabrda ekadi. Birinchi hosili ekilishi muddatiga ko‘ra dekabr va yanvarda terila boshlanib, ekin iyun oxirigacha o‘satiriladi.
Bu aylanishda pomidor o‘simligi yorug‘lik kam bo‘ladigan davr boshlanguncha vegetativ organlarida assimiliyatsiya mahsulotini to‘playdi. Zaxiradagi oziq moddalar kundalik fotosintez mahsuloti bilan qo‘shilib o‘simlikni o‘sishi va mevalarini pishib yetilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ekinni shunday o‘stirish kerakki, ular dekabr oyigacha yetarli darajada vegetativ organlarini to‘plab meva tugunchalarini hosil qilsin. Bunga tegishli navlarni tanlash, issiqxonaga urug‘ sepish va ko‘chatni ekish muddatlarini to‘g‘ri belgilash, shuningdek o‘simliklarni jadal parvarishlash hisobiga erishiladi. Kuzgi – qishki aylanishda ekiladigan navlar yorug‘lik va harorat sharoitlariga nafaqat kam talabchan, balki hosilni jadal beradigan xususiyatga ega bo‘lishi kerak. O‘tvuchan mavsumda (aylanishda) ekiladigan nav va duragaylar indeterminant, nisbatan tezpishar, kasalliklarga chidamli va yuqori mahsuldor bo‘lishi kerak.
Kuzgi – qishki aylanishda ekish uchun 25-30, o‘tuvchan mavsumda – sentabrda ekilsa – 30-40 va oktabrda ekilganda esa 40-45 kunlik ko‘chatlardan foydalaniladi. Uni kasallik tashuvchilardan asrash uchun o‘sha issiqxonalarni o‘zida yetishtiriladi. Ko‘chatlarni kuchli insolyatsiya va yuqori haroratdan saqlash uchun issiqxona qoplamalari ustiga oxak ertimasi yoki suyuq loy sepiladi. Pomidor ko‘chati boshqa inshootlarda o‘stirilishi kerak emas. Ko‘chatlar ko‘chatxonalarda nimjon yosh o‘simlikda yashashni yoqtiradigan virus tashuvchi shiralar bilan zararlanadi. Ko‘chatlarni ko‘chatxonadalarda o‘stirishda ularni himoya qilish uchun katta yoki kichik to‘rli ko‘rinishdagi izolyator (alohida xonalar)lar qurish zarur.
Bu aylanishlar uchun ko‘chatlarni 888 va 101010 sm o‘lchamli oziqali kubik yoki tuvakchalarda yetishtirish maqsadga muvofiqdir.
Qishki – bahorgi aylanishda ko‘chat dekabr oxiri yanvar oyi boshlarida ekiladi, hosil berish mart oyidan boshlanadi va u iyun oxirigacha o‘sitiriladi. Bunda plyonkali issiqxonalarda yetishtirilgan ko‘chatlar 45-50, oynavand issiqxonalarda o‘stirilganlari esa 60-65 kunlik yoshda ekiladi. Katta yoshdagi ko‘chatlarni ekish erta hosil olishni ta’minlash bilan birga mahsulot berish davrini uzaytiradi.
Yuqori sifatli ko‘chat tayyorlash uchun kerakli mikroiqlim sharoitini yaratib berish va yosh nihollarni parvarishlashga barcha imkoniyatlari bo‘lgan issiqxonani ajratish maqsadga muvofiqdir. Ko‘chatlar 888 sm dan 141414 sm gacha o‘lchamli tuvakchalar yoki oziqali kubiklarda yetishtiriladi.
Pomidor bahorgi isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda bahorgi – yozgi aylanishida yetishtiriladi. Bahorgi issiqxonalarga mart oyida ko‘chat ekiladi va u iyun oyi oxirigacha yetishtiriladi. Bu aylanishda jadal hosil beradigan ertapishar determinant navlardan foydalaniladi.
Ko‘chat bahorgi plyonkali issiqxonaga ekish uchun qishki issiqxonalarda yetishtiriladi. Urug‘ yanvar oyi boshlarida sepiladi. Ko‘chat 60 kun mobaynida yetishtiriladi. Ko‘chatlar o‘lchami 101010 sm bo‘lgan go‘ng – chirindili kubiklarga pikirovka qilinib yetishtiriladi. Plyonkali issiqxonalarga ko‘chatlarni tayyorlash usuli, xuddi qishki issiqxonalardagi o‘xshash, ammo ular ekish oldidan chiniqtirilishi zarur.
Pomidor o‘simligi barcha aylanishlarda ikki qatorli lentasimon usulda joylashtiriladi. Seksiyasining kengligi 6,4 m bo‘lagan blokli issiqxonalarda, 4 ta lenta joylashtiriladi. Lentadagi qatorlar orasi 60 sm, lentalar oraligi esa 90 sm bo‘ladi.
Qatordagi o‘simliklar orasidagi masofa ekish qalinligiga bog‘liq. O‘tuvchan mavsumda indeterminant nav va duragaylar uchun o‘simliklarni ekish qalinligi – 2,1-2,7 o‘simlik/m2, qishki – bahorgi aylanishda – 2,8-3,2 o‘simlik/m2, bu birinchi holatda qalinlikda qatordagi o‘simliklar orasidagi masofa 45-60 sm, ikkinchi holatda esa – 40-45 sm teng demakdir. Qishki – bahorgi va kuzgi – qishki aylanishlarda yarimdeterminant nav va duragaylar har 1 m2 yuzaga 3-4, determinantlarni esa – 4-5 tup hisobida, qatordagi o‘simliklar orasidagi masofani 30-40 sm va 25-30 sm qilib ekiladi.
Tuproqli issiqxonalarga ko‘chatni ekish oldidan yerga marker yordamida belgi qo‘yilib, tuvakchaning 1/4 uzunligiga teng chuqurchalar tayyorlanadi. Kichik hajmli oziqali materialda yetishtirilgan ko‘chatlarni issiqxonaga ekish oldidan yerga belgi ko‘yiladi va u yerga konteyner yoki mineral paxtali matalar joylashtiriladi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   186




Download 16,04 Mb.