Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet66/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Mikroiqlimni sozlash. Pomidor o‘simligiga shakl berib parvarishlashdan tashqari yetishtirish sharoitini maqbul me’yorlarda ta’minlash kerak.
Pomidor o‘simligi uchun kunduz kuni havoning harorati – 19-26°S va tunda – 15-19°S bo‘lishi eng maqbul hisoblanadi. Haroratni 28°S dan oshib, 14°S dan pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki o‘sish va gullashini susaytiradi hamda gullari changlanishini (fertilnost) pasaytiradi.
O‘zbekiston iqlim sharoitida bahor va yoz davomida issiqxonalar qizib ketishi oldini olish muhim muammolardan hisoblanadi. Qizigan davrda shamollatish kuchaytiriladi, har kuni 2-3 marta o‘simliklarni yuqori qismiga changlatib suv purkaladi va yopqichlari (tomi) ustini oqlash kabi ishlar o‘tkaziladi.
Tungi soatlarda haroratning nisbatan yuqori bo‘lishi hosil berishi boshlanishini tezlatib, erta muddatda mahsulot chiqishini ko‘paytiradi, ammo hosildorligini pasaytiradi. Tungi va kunduzgi harorat o‘rtasida keskin farq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Haroratni bir soatda o‘zgarishi 1°S dan oshmasligi kerak, aks holda mevalar sathida shudring hosil bo‘lib, ularni yorilishiga sabab bo‘ladi.
Tuproq uchun 18-20°S eng qulay harorat hisoblanadi. Bu haroratni ko‘chat ekilganidan so‘ng o‘simliklar ildiz otayotgan davrida saqlab turish juda muhim. Bu davrda tuproq haroratini pasayishi ildiz chirish kasalligi tarqalishini, haroratnii ko‘tarilishi esa fuzarioz va vertitsillioz so‘lishni kuchaytiradi.
Qish davridagi chegarlovchi omil yorug‘likni yetishmasligi hisoblanadi. Yorug‘likni 1% ga pasayishi hosilni shuncha kamayishiga sabab bo‘ladi. Yorug‘likni yaxshilash uchun yopqichlarning tozaligiga, issiqxona ichki jihozlarini tegishli rangda bo‘yalishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Tuproq yuzini nur o‘tkazadigan plyonka bilan qoplash (mulchalash) bag‘azlarni baland bo‘lishi yorug‘likni yaxshilashga yordam beradi. Jadal o‘sadigan (g‘ovlab ketadigan) yon shoxlarini (bachkilarni) hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, pastki qismidagi barglar va bachki shoxlarni o‘z vaqtida olib tashlash kerak.
Issiqxona havosida karbonat angidrid gazini optimal bo‘lishi hosildorlikni ko‘paytirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. SO2 gazini yetishmasligi hosildorlikni pasaytiradi. SO2 gazini 0,1% bo‘lishi hosildorlikni ko‘paytirish nuqtai nazardan eng maqbul hisoblanadi. SO2 gazi ko‘paytirilganda haroratni maqbul darajasini 1-3°S ga ko‘tarish kerak. SO2 gazi bilan oziqlantirish shamollatish darchalari yopiq holda, havo ochiq kunlarda, quyosh chiqaboshlashidan kunning yarmigacha o‘tkaziladi.
Tuproq namligi sug‘orishlarni qo‘llash orqali sozlanadi. Sug‘orish soni va me’yori quyosh radiatsiyasining jadalligi, ekinni yetishtirish mavsumi va sug‘orish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Oziqlantirish sug‘orish bilan olib boriladi. Tomchilatib sug‘orilganda suv sarfi kamayadi.
Pomidor uchun havoning eng maqbul nisbiy namligi qiymati 60-70%. Uni ko‘payishi o‘sishni kuchayib ketishiga, nozik yumshoq o‘simlik hosil bo‘lishiga va mevalarga kalsiy yetib borishini susaytirib mevalarni uchidan chirish bilan zararlanishiga olib keladi.
Me’yoridan ortiq nisbiy havo namligining ko‘payishi gul changi to‘kilishini kamaytirib, hosilni pasayishiga sabab bo‘ladi. Bunday sharoitda o‘simlik va meva zamburug‘ kasalliklari bilan kuchli zararlanadi. O‘zbekistonda ko‘p kuzatiladigan, havoning past nisbiy namligi, o‘simlikning assimilyatsiya jarayonini, o‘sishini va meva hosil qilishini susaytiradi.
Havoning namligi issiqxonani faqat oftobli kunlarda shamollatish, kunning birinchi yarmida sug‘orish bilan kamaytiriladi. Havoning namligi tomchilatib sug‘orilganda, yomg‘irlatib sug‘orilganga nisbatan kam bo‘ladi. Somon va yorug‘lik ta’sirida parchalaniladigan polietilen plyonka bilan mul’chalash havo namligini kamaytiradi.
Havoning nisbiy namligini ko‘paytirishga yomg‘irlatib sug‘orib salqinlatish, yo‘lkalarga shlanga yordamida suv sepish orqali erishishiladi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.