Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet72/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Bahorgi-yozgi aylanish. Pomidor O‘zbekistonda bahor-yozgi aylanishda isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda yetishtiriladi. Bu mavsumda erta hosil to‘playdigan va bir me’yorda mahsulot beradigan determinant nav va duragaylardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ko‘chat respublikaning markaziy mintaqalarida mart oyining o‘rtalarida ekiladi, hosili aprel oyining so‘nggi dekadasida pishaboshlaydi. May oyi va iyun oyining birinchi yarmida eng ko‘p miqdorda hosil olinadi. So‘nggi hosil iyun oxirida yig‘ishtiriladi. Issiqxonaga ko‘chatlar qatorlab 7035-40 sm shaklda yoki ko‘pincha qo‘shqatorli lenta usulida orasini 50-60 sm va o‘simlik tuplari orasini 25-40 sm dan qilib ekiladi.
Pomidor o‘simliklari tik kanop bag‘azda o‘stiriladi. Unga bir yoki ikki poyali qilib shakl beriladi. Tezpishar navlari 3-4 gul shingilidan so‘ng, baland bo‘yili o‘rtapishar navlarni 5-6 shingillaridan so‘ng chilpiladi.
Plyonkali isitilmaydigan issiqxonalarda pomidorni parvarishlash havo harorati va namligini tegishli me’yorda saqlash tavsiya etiladi. Bunda kunduzgi haroratni – 25-27°S, kechasi – 14-16°S da va havoning namligini shamollatish yordamida 60-70% atrofida saqlash lozim. Parvarishlash ishlari muntazam sug‘orib turish, oziqlantirish, 3-4 marta chopiq qilish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishdan iborat.
Pomidor mavsumda 3-4 marta oziqlantirladi. har oziqlan-tirilgandan so‘ng, o‘simliklar bag‘riga yangi tuproq tortiladi yoki yangi tuproq sochiladi. Mineral o‘g‘itlar berish me’yori va nisbati o‘simliklarning rivojlanish fazasiga va tuproqdagi mineral elementlar miqdoriga bog‘liq. Mineral o‘g‘itlarni organik o‘g‘itlar bilan navbatlab beriladi. Makroelementlar bilan bir qatorda mavsumda 2-3 marta mikroelementlar bilan ham oziqlantiriladi.
Pomidor hosili aprel oxiri may boshlardan, issiqxonadan plyonkalarni olib tashlangandan so‘ng chiqaboshlaydi. Bunda navlar va ekish muddatlari to‘g‘ri tanlansa va o‘z vaqtida tegishli parvarishlash tadbirlari o‘tkazilsa, iyul oyigacha (ochiq maydondan hosil chiquncha) issiqxonalarning har 1 m2 maydonidan 4-5 kg dan jami 6-8 kg gacha hosil olish mumkin.

Nazorat savollari:



  1. Kuzgi-qishgi mavsumda pomidor yetishtirishda nimalarga e’tibor berish talab etiladi?

  2. Qishgi-bahorgi mavsumda pomidor yetishtirishdagi kamchiliklar va avzalliklar?

  3. O’tuvchan mavsum deganda nimani tushinasiz?

  4. Bahorgi-yozgi aylanishda pomidor yetishtirishning o’ziga xos xususiyatlari nimada?

  5. Qaysi mavsumda pomidor yetishtirish samarali xisoplanadi?




Download 16,04 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.