|
-Mavzu. Yerli inshoatlarda sabzavotlarni yetishtirish usullari
|
bet | 73/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka 16-Mavzu. Yerli inshoatlarda sabzavotlarni yetishtirish usullari
Reja;
1. Issiqxonalarda Chuchuk qalampir o‘sish va rivojlanish xususiyatlari.
2 . Baqlajon ko‘chatini yetishtirish xususiyatlari.
3. Kam tarqalgan sabzavotlarni biologik xususiyatlari , yorug‘lik va harorat omillariga bo‘lgan talabi.
Tayanch iboralar: Mevali sabzavot ekinlaridan O‘zbekiston issiqxonalarida pomidor va bodringdan tashqari chuchuk qalampir,
baqlajon, tarvuz, qovun va gul karam yetish-tiriladi.
Issiqxonalarda bu ekinlar bilan band bo‘lgan maydon deyarli katta emas.
Chuchuk qalampir
Qishki va bahorgi issiqxonalarda yetishtirilayotgan qalampirlar – Capsicum annuum avlodiga, Ituzumdoshlar oilasiga kiradi. Issiqxonalarda yetishtirilayot-gan navlar, oddiy chuchuk qalampir sifatida ma’lum. Bu ekin mevalari texnik (ko‘k) yoki biologik pishib yetilib qizil bo‘lganda terib olinishi mumkin. Yana sariq yoki to‘qsariq rangcha yetilib pishadigan ayrim navlar ham mavjud.
Oziqali ahamiyati. Himoyalangan yerda yetishtiriladigan chuchuk qalampir asosan yangiligicha ishlatiladi, uni turli salatlarga qo‘shadilar.
Chuchuk qalampir mevalari tarkibida 7-12% quruq modda, shu jumladan 4,1-7,4% qand (asosan fruktoza va saxaroza) va 1,3-2,6% oqsil mavjud. Biroq, chuchuk qalampir qimmatli sabzavot ekini hisoblanadi. Uni yuqori oziqali qiymati mevalarining tarkibidagi vitaminlar (A, V1, V2, V3, S, R) va shuningdek, inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan (kalsiy, fosfor, temir va boshqa mineral tuzlarning) mavjudligidadir.
Mevalarining tarkibidagi S vitamini (askorbin kislotasi) miqdori bo‘yicha chuchuk qalampir barcha sabzavotlardan usto‘n turadi. Uning texnik yetilib pishgan 100 g nam vazni mevalari tarkibida 50 dan 270 mg gacha, biologik yetilishida esa 170 dan 450 mg gacha S vitamini bo‘ladi. Chuchuk qalampir
idamevalari tarkibida 12,6 mg% miqdorda karotin (A provitamini) mavjud. Ular sezilarli miqdorda rutin (R vitamini) va V guruhidagi vitaminlarni (tiomin, riboflovin, folli kislotasi) yig‘adi. Mevalarda S vitamini deyarli yaxshi saqlanib, yetilib pishgan sari uning miqdori 1,5-2 marta ko‘payadi. Karotin miqdori 2-3 hafta saqlanganda 3-5 marta ortadi. Shuningdek, tiomin miqdori ham ko‘payadi.
|
| |