|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 70/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaQishki-bahorgi aylanish. O‘zbekistonda kuz-qishda bodring yetishtirilgandan keyin qish-bahorgi davr boshlanib, pomidor ekiladi. Bunda navlarni tanlash masalasi boshqa aylanishlarga ko‘ra oson yechiladi, shuning uchun boshqa davrlarda ekiladigan barcha navlar to‘g‘ri keladi. Qish-bahorgi davrda o‘simliklar tabiiy yorug‘lik ortib, harorat ko‘tarilayotgan sharoitda o‘sadi. Bunday sharoitda o‘simliklarni parvarish qilish oson. Ammo, bu davr o‘zini vazifasini oqlashi uchun birinchi mevalar iloji boricha barvaqt yetilishini ta’minlashi zarur. Bu davrda kuz – qishdagiga qaraganda hosildorlik 2 marta yuqori bo‘ladi. Shu bois iloji boricha katta yoshdagi ko‘chatlarni o‘z vaqtida ekish maqsadga muvofiq bo‘lib, u hosil berish muddatini uzaytiradi. O‘zbekistonda 50-60 kunlik ko‘chatlar issiqxonaga dekabrning oxiri va yanvarning birinchi yarmida ekiladi. Ekishni ko‘chat bilan ta’minlash uchun urug‘ 10-15 noyabrda sepilishi kerak. Urug‘dan chiqqan maysalarni o‘lchami 888 sm dan 141414 sm gacha bo‘lgan go‘ng chirindili kubiklarga pikirovka qilinadi yoki bevosita shu kubiklarga urug‘ ekiladi.
Pomidor o‘simligi yuqori harorat va yorug‘lik yetarli bo‘lgan sharoitda uzoq muddat o‘sib, baquvvat assimilyatsion aparat shakllantiradi. Shu sababli ular katta oziqlanish maydonida sm sxemada o‘stirilishi kerak. Ko‘chatlar oziqali kubigini 3/4 qismi tuproqqa tik ko‘milib ekiladi. O‘sib ketgan bo‘lsa, qiyaroq joylashtiriladi. Ekilgandan so‘ng harorat 23-25°S bo‘lgan suv bilan sug‘oriladi. Ikki – uch kundan so‘ng ko‘chatlar tik kanopga bog‘lanib, har haftada kanopga chirmashtirib boriladi.
Pomidor o‘simligi issiqxonalarda bir poyali qilib o‘stiriladi, bachki poyalari muntazam olib tashlanadi. Ularni uzunligi 5-7 sm dan uzayib ketmasligi kerak. Indeterminant navlar gorizontal yuqoridagi (2-2,1 m balandlikdagi) bag‘azgacha 8-9 ta gul shingillini shakllantirgandan so‘ng, asosiy poyani bag‘azdan oshirib pastga qaratib o‘stiriladi. Bunda o‘simlik o‘suv oxirigacha yana 8-9 ta meva shingillarini hosil qiladi. O‘simliklarni o‘suv nuqtasi ekin tamom bo‘lishiga 1,5 oy qolganda, oxirgi gul shingilidan keyin bir-ikki barg hosil bo‘lganida chilpiladi. Sarg‘ayib qolgan pastki barglari haftada bir marta yulib turiladi.
Pomidordan yuqori va bir me’yorda hosil olish uchun havo va tuproq haroratini maqbul tartibda ushlab turish katta ahamiyatga ega.
Yorug‘lik kam sharoitda pomidor hosil tukkuncha haroratni quyidagi me’yorda: kunduzgi quyoshli kunlarda – 22-24°S; bulutli kunlari – 18-20°S; kechasi – 16-17°S, mevalari yetilaboshlab, yorug‘lik ko‘payganda yuqoridagi tartibda kunduzgi oftobli kunlarda – 22-26°S, bulutlida – 20-22°S gacha, kechalari – 17-18°S gacha saqlab turish tavsiya etiladi. Bahor-yoz davrida issiqxona harorati 32°S dan ko‘payib ketishi o‘simliklarga salbiy ta’sir qiladi. Bunday hollarda darchalarni ochib uni yaxshilab shamollatish va salqinlatuvchi sug‘orish kerak, lekin tuproq harorati 18°S, havoning nisbiy namligi esa 60-70% dan pasayishi kerak emas. Issiqxona havo namligini ko‘paytirish yoki o‘simliklarni xo‘llashga doir barcha ishlarni, qishda darchalar ochilmaydigan vaqtda ertalab bajarish tavsiya etiladi, chunki o‘simliklar qurib ulgurishi kerak.
Pomidor tuproq namligiga juda talabchan ekin. Uning maqbul namligi 75-80% NV bo‘lishi kerak. Qishda 6-8 kunda bir marta 5-7 l/m2 me’yorda sug‘oriladi. Kunlar ilishi bilan tez-tez sug‘oriladi. May-iyun oylarida har 2-3 kunda bir marta 10-12 l/m2 me’yorda sug‘oriladi. Har gal sug‘orilgandan keyin issiqxona shamollatiladi. Agar namlik bir xil tekis bo‘lmasa yoki yetishmasa, gul va tugunchalar to‘kilib, pomidor mevalari yorilib ketadi va yuqoridan chiriy boshlaydi.
Issiqxonalarni kuniga ikki marta: ertalab quyosh chiqquncha va soat 16 dan keyin gazlash tavsiya etiladi. Bunda issiqxona havosidagi SO2 miqdorini – 0,10-0,20% gacha yetkazish tavsiya etiladi.
Qish-bahorgi davrda pomidor avj olib o‘sadi va rivojlanadi. Shuning uchun yer oziq elementlariga boy bo‘lishi kerak. Xususan mart – may oylarida serob bo‘lishi kerak. O‘suv davri boshlanishida 1:3,5:4 nisbatda azot va kaliy beriladi, keyinchalik yorug‘lik ko‘payishi va o‘simliklar o‘saborishi bilan bu nisbat 1:2 yoki 1:1 to‘g‘ri keladi. Ko‘chat ekilgandan keyin ildizdan oziqlantiriladigan (yerga solinadigan) eritmaning konsentratsiyasi 0,7%, hosil shakllanayotganda 0,8% va hosil berish davrida esa – 1% bo‘lishi kerak. Ildizdan oziqlantirish har 10-12 kunda, 25-30 kunda bargi orqali bir marta oziqlantiriladi.
Bundan tashqari, qish – bahorgi davrda o‘simliklar guli yaxshi changlanishi uchun shingillari silkitiladi, qator orasi yumshitiladi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlari o‘tkaziladi. Ko‘chatlar dastlab butun oziq maydonini egallamagani uchun bo‘sh qator oralariga rediska va boshqa ertapishar ko‘kat sabzavotlarni ekish maqsadga muvrfiq bo‘ladi.
Qishki-bahorgi mavsumda pomidorni meva tugishi ko‘chat ekilgandan taxminan ikki oy o‘tgach boshlanadi. Mevalar nim rangligida teriladi. Bu tupda qolgan mevalarini yetilishiga imkon beradi. Bahorda davrda hosil har 2-3 kunda, yozda esa har kuni teriladi. Hosilni terishda mevalari bir yo‘la saralanadi.
|
| |