|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 78/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaBaqlajon
Baqlajon Solanum melongena L. Ituzumguldoshlar oilasiga mansub. Himoya-langan yerlarda kichik maydonlarda yetishtiriladi. Issiqxona sabzavotchiligida baqlajonni kam tarqalishi uning asosan konservalangan holatda va pazandachilik ishlovidan o‘tkazilib iste’mol qilinishi bilan hamda o‘suv davrining sezilarli uzunligi va kam hosil berishi bilan izohlanadi. O‘zbekistonda baqlajon issiqxonalarda faqat qishki-bahorgi aylanishda, asosan mahsulotini shimoliy mamlakatlarga olib chiqish uchun yetishtiriladi.
Oziqali ahamiyati. Oziq-ovqatga baqlajonni yetilmagan mevalari qovuril-gan, tuzlangan va quritilgan holda ishlatiladi va undan baqlajon ikrasi, shuningdek, go‘shtli tamolarga turli souslar tayyorlanadi.
Texnik yetilgan mevalarda 7-8% quruq modda, shu jumladan 2-3% qand, 0,9% kraxmal, 1% oqsil, shuningdek, bir oz miqdorda mineral tuzlar (kaliy va fosfor) va vitaminlar (karotin, askorbin kislotasi, rutin, V1, V2 va RR) mavjud.
Baqlajon mevalari mazali ta’mi va dorivorli sifati uchun yuqori bahola-nadi. Ularni iste’mol qilish inson organizmidan xolesterinni chiqarishga, tomirlarni sklerozdan, podagra va jigar xastaliklaridan muhofaza qilishga yordam beradi.
Biologik xususiyatlari. Baqlajon Xindistondan kelib chiqqan. U ixma tup ko‘rinishidagi poyasi tik turib shoxlanuvchan bir yillik o‘simlikdir. Ildiz tizimi kuchli shoxlangan, asosan tuproqning yuqori 20-30 sm qatlamida joylashadi. Ochiq maydonda urug‘dan eqilganda asosiy ildiz 1,5 m chuqurlikgacha kirib borishi mumkin.
Baqlajon o‘simliklari urug‘ unib chiqqandan boshlab fosforli o‘g‘itlar bilan yetarli azot va kaliy bilan esa kamroq ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ko‘chat eqilganidan to shonalash boshlago‘ncha fosfor-kaliyli o‘g‘itlarni, hosil berish davrida esa azotli oziqalarni me’yori oshiriladi.
O‘suv davrini davomiyligi urug‘ o‘ngandan boshlab birinchi mevalarni texnik yetilishigacha ertpishar navlarda – 90-100 kunni, o‘rtapisharlarda – 110-145 kunni va kechpisharlarda – 145 kundan ortiq bo‘ladi.
|
| |