• Turli aylanish davrlarida bodringni yetishtirish xususiyatlari
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet92/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Hosilni yig‘ishtirish. Hosilni yig‘ishtirish bodring yetishtirish texnologiyasini muhim elementi hisoblanadi. Kuz-qishki va o‘tuvchan aylanish davrlarida birinchi barralar urug‘ unib chiqqandan so‘ng 50-60 kun o‘tgach qish-bahorgi aylanishda ko‘chat o‘tqazilgandan so‘ng 30-40 kun o‘tgach terishga tayyor bo‘ladi. O‘simliklarda meva yuqini oshirib yuborish mumkin emas, chunki bu o‘simlikni kuchsizlanishiga va hosilni kamayishiga olib keladi. Shu bois asosiy poyaning pastki bo‘g‘inlarida ari bilan changlanadiganlarda 3-4 barg bo‘g‘inlaridagi, partenokarpiklarda esa – 7-8 barg bo‘g‘inlaridagi barralarning murtagi va yon shoxlari olib tashlanadi (ko‘r qilinadi). Uzun mevali partenokarpik duragaylarni barralarini vazni 300-500 g yetganda yig‘ishtiriladi, bodringni nisbatan kalta (20-25 sm) mevali nav va duragaylarida barralarning o‘rtacha vazni 230-250 g ni (300 g gacha), kalta mevali (15-20 sm) nav va duragaylarda esa – 120-200 g ni tashkil qilishi kerak.
    Partenokarpik bodring hosilga yaxshi kirgan davrda, uni barralari haftasiga kamida 2-3 marta teriladi, bunda kattalashib o‘sib ketgan mevalar bo‘lmasligi uchun, terimga yaroqli mevalarni qoldirib ketmaslik kerak. Barralarni ertalab ular isib ketmasdan yig‘ishtiriladi, chunki kunning ikkinchi yarmida yuqori haroratda terilgan mevalar yaxshi saqlanmaydi. Barralarni pichoq bilan yoki maxsus qaychilar yordamida kesib olinadi va yashiklarga yoki chelaklarga joylanadi va ularni markaziy yo‘llarga yoki koridorga chiqariladi. Tovar barralarni terish bilan birga yetilmagan, kasal va qing‘ir-qiyshiq tugunchalar olib tashlanadi. Barralarni birinchi terimi 0,5-0,6 kg/m2 dan oshmaydi. Yoppasiga hosilga kirgan davrda u 0,8-1,0 kg/m2 yetishi mumkin.
    Yig‘ishtirilgan mahsulot omborxonaga jo‘natilib, u yerda tortiladi, saralanadi va savdoga yoki uzoq joylarga jo‘natish uchun ularni maxsus idishlarga joylanadi. Bodringni saqlashda va uzoqqa olib borishda, pomidor yoki boshqa etilen chiqaruvchi mevalar bilan birga joylashtirish mumkin emas.
    Turli aylanish davrlarida bodringni yetishtirish xususiyatlari

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.