Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet90/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

31-rasm. O‘simliklarni kanopga bog‘lash usullari:
(A) xalqasimon va (B) erkin tugunchali

Bodring o‘simliklarini parvarishlashda albatta o‘tkazish zarur bo‘lgan tadbirlarga o‘simliklarga shakl berish kiradi, bu vegetativ va generativ organlar orasida eng maqbul o‘zaro nisbatni bog‘lanishni yaratishga imkon beradi. Shakl berish deganda, asosiy poya va yon shoxlarni chilpish tushuniladi. Shakl berishda nav xususiyatlari inobatga olinadi.


Ari bilan changlanadigan nav va duragaylarda markaziy (asosiy) poyada ko‘proq erkak, yon shoxlarda – ko‘proq urg‘ochi gullar hosil bo‘ladi. Ularga shakl berishda, urg‘ochi gullar va yon poyalar (otpletki) faqat birinchi 3-4 bargidan so‘ng olib tashlanadi (ko‘r qilinadi). Poyaning yarim balandligigacha yon shoxlarni ikkinchi bargdan keyin chilpiladi, yuqorida esa – uchinchi bargdan keyin. Asosiy (markaziy) poyaning uchini sim bag‘azga ko‘chirib o‘tkaziladi va unga bog‘lanadi. Uning uchi sim bag‘azdan yuqoridagi 3-4 bo‘g‘indan so‘ng, uni pastga tushirib chilpiladi. Hosili tamom bo‘lgan yon shoxlar (otpletki), qarigan va kasallangan barglar poyaga taqab kesib tashlanadi.
Uzun mevali partenokarpik navlarga alohida shakl beriladi. Asosiy palakda 50-60 sm gacha (8-bo‘g‘inlar) barg qo‘ltig‘idagi gullarni va shoxlarni murtagi olib tashlanadi, ya’ni ko‘r qilinadi. Keyingi 4-5 barg bo‘g‘inlarida yon poyalar qoldirilib, ular birinchi bargdan so‘ng chilpiladi. Bu barg qo‘ltig‘idagi urg‘ochi gullar olib tashlanadi. Asosiy poyaning keyingi 5-6 barg bo‘g‘inlarida 1,5-1,7 m balandligigacha, agar mevalar paydo bo‘lmasa, yon poyalar olib tashlanmaydi, ularni ikkinchi bargdan so‘ng har birida ikkitadan meva tugunchalarini qoldirib uchi chilpiladi. Gorizontal sim bag‘azlargacha yon poyalarni 3-4 ta meva qoldirib 3-4 bargdan so‘ng chilpiladi. Pastki pog‘onalardagi ikkinchi tartibli, yon poyalar kesib tashlanadi, o‘rtadagilari esa, bitta meva qoldirib birinchi bargdan so‘ng chilpiladi; yuqoridagi pog‘onada ikkinchi tartibli yon poyalarni ikkita meva tugunchalarini qoldirib ikkinchi bargdan so‘ng chilpiladi. Yoritilganligiga ko‘ra asosiy poyada 4-6 meva shakllanadi. Asosiy poyaning barg qo‘ltig‘idagi, barglarni asosidagi yon poyalar olib tashlanadi.
O‘simliklarni yuqoridagi uchi sim bag‘azlardan yuqoridagi to‘rtinchi barglardan so‘ng chilpiladi, uni bir tomonga egib sim atrofiga o‘raladi va sakkiz qilib mahkam bog‘lanadi. Yuqoridagi 2-3 barg bo‘g‘inlarida, yon poyalar qoldirilib, ularni pastga tushiriladi, ikki marta ketma-ket har 50 sm o‘sgandan so‘ng o‘sishni davom ettiruvchi shoxni qoldirib uchi chilpiladi.
Keyinchalik hosil berish davrida shakl berish tadbirlari yuqoridagi poyalarni uchini chilpish, ularni pastga egatlar ichiga yo‘naltirib o‘stirish, ikki tutash bag‘azlar orasidagi bo‘shliqni yopilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda ertalabki soatlarda havo ochiqligida hosili tamom bo‘lgan yon poyalar, qarigan va kasallangan barglar xalqa qilib (asosiy poya badaniga taqab) kesib olinadi. Nobud bo‘lgan barglarni, shakli o‘zgargan meva tugunchalarini muntazam yo‘qotish kerak.
Ari bilan changlanadigan nav va duragaylarni yetishtirishda issiqxonalarga ari uyalari o‘rnatiladi (bir ari oilasi 500 m2 maydonga).
Maydoni katta bo‘lmagan issiqxonalarda qo‘lda changlatish qo‘llaniladi. Buning uchun erkak gullar yulib olinadi va ularni bittasi bilan ikkita urg‘ochi gullar changlanadi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.