• Tayanch iboralar
  • -mavzu: Bodiring o’simligini umumiy yetishtirish usullari




    Download 16,04 Mb.
    bet89/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    18.2-mavzu: Bodiring o’simligini umumiy yetishtirish usullari


    Reja:

    1. Ekish muddatlari va usullari.

    2. Mikroiqlimni boshqarish.

    3. Hosilni yig‘ishtirish.

    4. Turli aylanish davrlarida bodringni yetishtirish xususiyatlari

    5. Bodringni isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda yetishtirish xususiyatlari.


    Tayanch iboralar: ilitilgan yer, yer sinchlari, kuzgi-qishgi aylanish, qishgi-bahorgi aylanish, o’tuvchan mavsum, bahorgi-yozgi mavzum, ko’chat usulida yetishtirish, o’simliklarni bog’lash va shakil berish.




    Ekish muddatlari va usullari. O‘zbekistonda qishki issiqxonalarda bodring kuz-qishda, qish-bahorda va o‘tuvchan aylanish mavsumlarida yetishtiriladi.
    Kuzgi-qishki aylanish aylanish mavsumida bodring urug‘ini issiqxona tuprog‘iga ekish orqali yetishtiriladi. Urug‘ni ekishni eng maqbul muddati 10-20 avgust hisoblanadi. Birinchi terim ekilgandan so‘ng 50-60 kun o‘tgach o‘tqaziladi. Bu aylanish mavsumi yanvar boshida tugaydi.
    Bodring urug‘ini iqtisod qilish maqsadida ko‘chat bilan ekadilar. Urug‘larni kubiklarga va tuvakchalarga ekish muddatlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproqqa ekiladigan muddatlarga to‘g‘ri keladi. Ko‘chatlarni doimiy joyga 2-3 barg chiqarganda o‘tkaziladi. Ekish oldidan tuproq namlanishi uchun sug‘oriladi yoki uyalarga suv quyiladi va o‘simliklar o‘tkaziladi, bunda kubikli ko‘chatlarni 3/4 qismi yerga ko‘miladi.
    O‘zbekistonda qishki-bahorgi aylanish mavsumi kuzgi-qishki aylanish davridan so‘ng, boshlanadi, bunda almashlashga rioya qilib, bodringni pomidordan so‘ng ekadilar. Bunda eng erta muddatlarda ekinlarni eng yuqori hosil berishini ta’minlash juda muhim.
    4-5 chinbargi bo‘lgan 30 kunlik bodring ko‘chatini ekishni eng maqbul muddati yanvarni birinchi yarmi hisoblanadi. Bu muddatda ekilganda hosil mart o‘rtalarida chiqaboshlaydi.
    Yuqori sifatli ko‘chat olish uchun urug‘ni dekabr boshlarida 8×8 va 12×12 sm li oziqali kubiklarga ekadilar.
    O‘tuvchan aylanish davri – O‘zbekiston issiqxona sabzavotchiligining muhim yutug‘idir, chunki uning mahsuloti yilning eng “tanqis” oylarida chiqadi. O‘tuvchan, (ya’ni kuz-qish-bahorgi) aylanish davrida ham partenokarpik, hamda ari bilan changlanadigan duragaylardan foydalanish mumkin.
    Kubiklarga ekiladigan eng maqbul muddat oktabrning boshi, ko‘chirib o‘tkazish vaqti – noyabrning boshi hisoblanadi. Hosilni chiqishi dekabr boshidan boshlanib iyun oygacha davom etadi. O‘tuvchan aylanish davrida o‘simliklar boshqa aylanish davrlariga qaraganda siyrak o‘tkaziladi.
    O‘zbekistonda bahorgi isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarga bodring bahor-yozgi aylanish davrida yetishtiriladi. Respublikamizni janubida ulardan fevral oxiri, markaziy qismida – mart boshida foydalanish boshlanadi.
    Bahorgi plyonkali issiqxonalar uchun urug‘larni ekishga tayyorlash va ko‘chatlarni yetishtirish usullari qishkilarda qanday bo‘lsa bunda ham shunday. Ammo urug‘ va ko‘chatlarni chiniqtirish albatta zarur. Ko‘chatlarni kechroq davrda yaxshi yorug‘likda yetishtirish, uni tayyorlash davomiyligini qisqartirishga imkon beradi.
    O‘simliklarni bog‘lash va shakl berish. Barcha aylanish davrlarida issiqxonalarda bodring tik bag‘azda (kanopda) yetishtiriladi, bu o‘simliklar uchun yorug‘lik tartibotini yaxshilaydi. Ko‘chat o‘tkazilgandan so‘ng 3-4 kun o‘tgach (tuproqqa urug‘ bilan ekilganda 3-4 barg paydo bo‘lganda) o‘simliklarni har qator bo‘ylab 2-2,2 m balandlikda gorizontal tortilgan sim bag‘azlarga kanoplar qatordagi o‘simliklarni joylashgan o‘rniga qattiq (surilmaydigan) tuguncha qilib emas, balki sirg‘alib yuruvchi tuguncha qilib bog‘lanadi. Qattiq tuguncha qilib bog‘langanda o‘suv oxiriga borib yana ham tortiladi va o‘simliklarni olib tashlashda halaqit beradi. Ekinni o‘suv davri tugagach ularni qirqib olib tashlashda qo‘llar charchab qolmasligi uchun erkin sirg‘alib yuruvchi tugunchalar ishlovchini yuzi balandligida bo‘ladi. Simga bog‘langan kanopni ikkinchi uchi kerakli uzunlikda o‘lchab olinib kesiladi. Uni tuproq yuzidan 10-12 sm balandlikda o‘simliklarga bog‘lanadi. Poyaning yo‘g‘onlashuvini hisobga olib, kanop o‘simliklarga xalqa shaklida qilib bog‘lanadi yoki o‘simliklarda erkin sirg‘alib yuruvchi tuguncha qilib o‘rab qo‘yiladi (31-rasm).
    Partenokarpik duragaylarni yetishtirishda 1,6 m qator oralarini har qatorlari bo‘ylab bir-biridan 50 sm masofada ikkita gorizontal sim bag‘azlar tortiladi. Barglar yorug‘likdan yaxshi foydalanishi uchun o‘simliklarni chapdagi va o‘ngdagi bag‘azlarga bittadan oralantirib bog‘lanadi. Bog‘langan o‘simliklar V-shaklidagi qatorlarni hosil qiladi.
    Kelgusida haftasiga kamida bir marta o‘simlik poyasini yuqori qismini bo‘sh qoldirib kanop atrofiga o‘rab turiladi. Bu tadbirni kechikib o‘tkazish, barg sathini va hosilni kamayishiga hamda mehnat harajatlarini ko‘payishiga olib keladi. Bog‘lashda poyani kengayishini hisobga olib albatta ortiqcha kanop qoldirish kerak, aks holda kanop poyani ichiga kesib kiradi va ildiz tizimini oziqlanishi pasayadi.


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Bodiring o’simligini umumiy yetishtirish usullari

    Download 16,04 Mb.