2. MUSTAQIL TA’LIM OLISH YUZASIDAN MASLAHATLAR
Hozirgi kunda axborotlar oqimining keskin oshib, zamonaviy texnologiyalarning esa shiddat bilan takomillashib borayotganligi, doimiy ish o‘rinlarining kamayishi va jamiyat hayotining boshqa jabhalaridagi ma’romining turli xil sharoitda ekanligi mutaxassisning yoki bo‘lg‘usi mutaxasssisning o‘zi tanlagan kasbi bo‘yicha paydo bo‘layotgan yangiliklar yoki egallayotgan kasb-mutaxassislik bo‘yicha chuqurroq bilim egallashga bo‘lgan intilishlari ularni mustaqil izlanish va o‘rganishga undaydi.
Aksincha, mutaxasssis yoki bo‘lg‘usi mutaxassis o‘zi tanlagan kasbi bo‘yicha paydo bo‘lgan yangiliklar yoki egallayotgan kasb-mutaxassislik bo‘yicha chuqurroq bilim egallashga intilmas ekan, u holda mehnat bozoridagi raqobatga bardosh bera olmaydi va o‘z ish o‘rnini yo‘qotadi. Shuning uchun ham talabalarda mustaqil ta’lim olish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir.
Hozirgi kunda mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan zarurat asosan quyidagilardan iborat:
Shaxsning mustaqil bo‘lishga va mustaqil fikrlashini o‘stirishga bo‘lgan intilishlari;
Muntazam ravishda o‘z bilimlarini takomiilashtirib borishga bo‘lgan intilishlari;
O‘z mehnat faoliyatini mustaqil rejalashtirish, monitoring qilish, baholash va jamoa bo‘lib ishlashga bo‘lgan ehtiyojlar;
Zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda o‘z mehnat faoliyatini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyoji;
Bozor sharoitida mehnat bozoridagi raqobatga dosh bergan holda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishlari va h.zo.
Bularga erishishda asosiy e’tiborni nimalarga qaritish maqsadga muvofiq?
Ko‘p yillik pedagogik faoliyat va ilmiy izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, yuqoridagi muammoni hal etishda har bir fan o‘qituvchisi yoki guruh murabbiysi quyidagilarga e’tiborni qaratishi talab etiladi:
|