• 13-modda. O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi
  • 14-modda. Oliy ta’lim
  • Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети




    Download 0,77 Mb.
    bet119/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    12-modda. Umumiy o‘rta ta’lim
    Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha:
    boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
    umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar).
    Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi.
    Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur xajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
    Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.

    13-modda. O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi
    O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim olish maqsadida xar kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-xunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash xuquqiga ega.
    Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari egallangan kasb-xunar bo‘yicha ishlash xuquqini beradigan xamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi beradi.
    Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-xunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
    Kasb-xunar kolleji o‘quvchilarning kasb-xunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-xunar o‘quv yurtidir.

    14-modda. Oliy ta’lim
    Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
    Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
    Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi xujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
    Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
    Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
    Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga xaqlidirlar.


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети

    Download 0,77 Mb.