• 16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
  • 17-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
  • 18-modda. Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish
  • -modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim




    Download 0,77 Mb.
    bet120/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan extiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
    Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun xujjatlarida belgilanadi.

    16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish xamda yangilashni ta’minlaydi.
    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.

    17-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
    Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi extiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
    Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
    Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun xujjatlarida belgilab qo‘yiladi.


    18-modda. Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish
    Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslaxat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.



    Download 0,77 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim

    Download 0,77 Mb.