|
Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети
|
bet | 123/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgIV. TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ta’lim soxasidagi vakolatlari
26-modda. Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining xuquq doirasi
27-modda. Maxalliy davlat xokimiyati organlarining ta’lim soxasidagi vakolatlari
28-modda. Ta’lim muassasasini boshqarish
29-modda. Ta’lim soxasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
ta’lim soxasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ta’lim soxasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
ta’lim soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ta’lim soxasidagi davlat boshqaruvi organlariga raxbarlik qilish;
ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;
ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining xududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish xuquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonun xujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi xujjatlarini tan olish va xujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash;
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi xujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
davlat grantlari miqdori va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;
qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
|
| |