|
-modda. Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan
|
bet | 124/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org26-modda. Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan
davlat organlarining xuquq doirasi
Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining xuquq doirasiga quyidagilar kiradi:
ta’lim soxasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;
ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga raxbarlik qilish;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;
o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
o‘quv va o‘quv-uslubiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Maxkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;
qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
27-modda. Maxalliy davlat xokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Maxalliy davlat xokimiyati organlari:
ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish extiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;
ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar;
o‘z xududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;
ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar;
qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni xam amalga oshiradilar.
28-modda. Ta’lim muassasasini boshqarish
Ta’lim muassasasini uning raxbari boshqaradi.
Ta’lim muassasalarida qonun xujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
|
| |