|
-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar
|
bet | 121/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org19-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar
Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi xujjat (shaxodatnoma, diplom, sertifikat, guvoxnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi xujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha ekstern tartibida imtixonlar topshirgan shaxslarga xam beriladi, davlat ta’lim muassasalarida o‘qitilishi shart bo‘lgan va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno.
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, ularning xajmlari va fanlarga qo‘yilgan baxolar yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Dissertatsiya ximoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning xukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida xar ikki tomonning ma’lumot to‘g‘risidagi xujjatlari belgilangan tartibda o‘zaro tan olinishi mumkin.
Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi xujjat navbatdagi bosqich ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo‘yicha ishlash xuquqini beradi.
III. TA’LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH
20-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy ximoya qilish
21-modda. Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy ximoya qilish
22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish
23-modda. Jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish
24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muxtoj bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari
|
| |