• 5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqi
  • 6-modda. Ta’lim muassasasining xuquqiy maqomi
  • Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети




    Download 0,77 Mb.
    bet117/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    4-modda. Bilim olish xuquqi
    Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi xududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, xar kimga bilim olishda teng xuquqlar kafolatlanadi.
    Bilim olish xuquqi:
    davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
    ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan xolda ta’lim olishni tashkil etish;
    ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-xunar o‘rgatish;
    barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng xuquqlarga ega bo‘lishi;
    oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish xuquqini berish orqali ta’minlanadi.
    Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish xuquqiga ega.
    Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng xuquqlarga ega.


    5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqi
    Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqiga ega.
    Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
    Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud xukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


    6-modda. Ta’lim muassasasining xuquqiy maqomi
    Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
    Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs xuquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish xuquqiga ega bo‘ladi.
    Ta’lim muassasasi qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi.
    Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan maxrum etilishi mumkin.
    Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga xamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga xaqli.
    Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga xaqli.


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети

    Download 0,77 Mb.