|
-modda. Ta’lim soxasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan
|
bet | 125/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org29-modda. Ta’lim soxasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan
nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
Ta’lim soxasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun xujjatlariga muvofiq to‘xtatib qo‘yishga xaqli.
Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
V. YAKUNLOVCHI XULOSALAR
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
31-modda. Ta’limni moliyalash
32-modda. Ta’limni rivojlantirish fondlari
33-modda. Xalqaro xamkorlik
34-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy xuquqlari va manfaatlarini ximoya qilishlari shart xamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar.
31-modda. Ta’limni moliyalash
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash respublika va maxalliy byudjetlar mablag‘lari, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan amalga oshiriladi.
32-modda. Ta’limni rivojlantirish fondlari
Ta’limni rivojlantirish fondlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari xisobidan tashkil etilishi mumkin.
33-modda. Xalqaro xamkorlik
Ta’lim muassasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro xamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo‘shma o‘quv yurtlari tashkil etish xuquqiga ega.
|
| |