• UMUMIY QOIDALAR
  • -modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik




    Download 0,77 Mb.
    bet126/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    34-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
    Ta’lim to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

    29.08.1997 y.

    N 464-I

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KADRLAR TAYYORLASH

    MILLIY DASTURI
    Mazkur Dasturga O‘zR 09.04.2007 y. O‘RQ-87-son Qonuniga
    muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan
    Umumiy qoidalar
    1. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islox qilish omillari
    2. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqislari
    3. Kadrlar tayyorlashning Milliy modeli
    4. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
    5. Dasturni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

    UMUMIY QOIDALAR
    O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
    Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta’lim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

    Download 0,77 Mb.