|
Afina maktab tizimi. Afina maktab tizimi –
|
bet | 33/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgAfina maktab tizimi. Afina maktab tizimi – uch turdagi maktablardan, ya’ni musiqa, gimnastika va gimnaziya maktablaridan iborat edi.
Musiqa maktabi – xususiy maktab bo‘lib, unda pul to‘lab o‘qitilar edi. Musiqa maktablarida faqat 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan boy quldorlarning o‘g‘il bolalari o‘qirdilar. Bu turdagi maktabda musiqiy tarbiya ham berilardi (“muza” so‘zidan olingan, qadimgi Yunonistonda “Muzi” – san’at, adabiyot va fan xudosi va xomiysi). Musiqiy ta’limotning mazmuni xat – savod, adabiyot, hisob, deklamasiya, ashula va musiqa darslarini o‘qitishdan iborat edi.
Gimnastika maktabi – palestra (kurash maktabi) deyilardi. Bu ma’lum bir toifadagi kishilarga qarashli maktab bo‘lib, unda 12 yoshga kirgan va ayni vaqtda musiqa musiqa maktabini o‘qiyotgan o‘g‘il bolalar pul to‘lab o‘qir edilar. Bu turdagi matabda o‘smirlar yugurish, sakrash, disr irg‘itish, nayza sanchish va kurash mashqini bajarardilar, shu bilan birga suzish mashqlarini ham o‘tkazar edilar.
Gimnaziya – davlatga qarashli maktab bo‘lib, unda asosan Afinadagi katta yer egalari – kiborlarga mansub nomdor oilalardan chiqqan, musiqa va gimnastika maktablarini tamomlagan aslzoda yoshlar o‘qirdilar. Bunda ular 16 yoshdan 18 yoshgacha jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tarbiya olishlarini davom ettirar edilar. Bundan tashqari aslzodalarni davlatni idora qilishga layoqatli qilib tayyorlash maqsadida ularga falsafiy va siyosiy tarbiya berilar hamda notiqlik san’ati o‘rgatilar edi. 18 yoshga to‘lgan aslzodalar efeblar guruhiga mansub bo‘lib, ular 20 yoshgacha maxsus harbiy tayyorgarlik ko‘rar, ayni vaqtda ijtimoiy – siyosiy tarbiya ham olar edilar. Qizlar esa yoshligidanoq uy – ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanar edi [Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Hamidov H. Pedagogika tarixi. T.: 2004, 11-12 betlar].
Afina tarbiyasi – miloddan avvalgi VII-V asrlarda qadimgi Afinada bolalar va o‘smirlar (qullardan tashqari) tarbiyasi tizimi. 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar grammatika maktabi, kifarachiar va palestra maktabida o‘qitilgan. O‘ziga to‘q oilalarning farzandlari Mashg‘ulotlarni 18 yoshgacha gimnaziyada davom ettirganlar. 18-20 yoshdagi o‘smirlar tarbiyasi Efebiyada shug‘ullanish bilan yakunlangan. Ma’naviy tarbiya gimnastik tarbiya bilan qo‘shib olib borilgan. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmagan (O‘zME. 1-tom, 511-bet).
|
| |