• «O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi» (O’MKHT) tushunchasi
  • O’MKHT ta`lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji tushunchalari
  • -MAVZU. UZLUKSIZ, KASB-HUNAR TA`LIMI TIZIMIDA O’RTA MAXSUS TA`LIMINING O’RNI VA AHAMIYATI




    Download 0,77 Mb.
    bet41/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    9-MAVZU. UZLUKSIZ, KASB-HUNAR TA`LIMI TIZIMIDA O’RTA MAXSUS TA`LIMINING O’RNI VA AHAMIYATI

    Reja:
    1. «O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi» (O’MKHT) tushunchasi.


    2. O’MKHT ta`lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji tushunchalari.



    «O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi» (O’MKHT) tushunchasi
    O‘zbekiston respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasida o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi ifodalangan.
    O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim olish maqsadida xar kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-xunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash xuquqiga ega.
    Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari egallangan kasb-xunar bo‘yicha ishlash xuquqini beradigan xamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi beradi.
    Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-xunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
    Kasb-xunar kolleji o‘quvchilarning kasb-xunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-xunar o‘quv yurtidir.

    O’MKHT ta`lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji tushunchalari
    Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
    Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiqo‘rta maxsus ta’lim beradi. o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
    Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin.
    Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
    Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
    Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shuјullanish huquqini beradi.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
    akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
    soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
    o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
    akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;
    kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;
    hududlarning jo‘јrofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;
    akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini mustahkamlash.

    Download 0,77 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. UZLUKSIZ, KASB-HUNAR TA`LIMI TIZIMIDA O’RTA MAXSUS TA`LIMINING O’RNI VA AHAMIYATI

    Download 0,77 Mb.