|
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar
|
bet | 34/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgO‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. Ta’lim tizimining iste’moldagi variantini uzviylik va uzluksizlik jihatidan asoslashga harakat qiling.
2. Ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni muayyan fanni o‘rganish misolida yoritib bering.
3. Turli mamlakatlardagi ta’lim tizimlari bilan mamlakatimizdagi ta’lim tizimining umumiyligi va xususiyligi haqida referat tayyorlang.
4. Ta’lim muassasalaridagi boshqaruv haqida referat tayyorlang.
5. Ta’lim muassasalaridagi jamoat boshqaruvida ichki nazorat va mezonlarning roli hamda o‘rni bo‘yicha referat tayyorlang.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Olimov Q.T. Kasb ta’limi uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. - 164 b.
Xakimova M.Kasbiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2007. - 193 b.
Xasanboyev J., Sariboyev H., Niyozov G., Hasanboyeva O., Usmonboyeva M. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. - 158 b.
8-MAVZU KASBIY TA`LIMNING DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMOLARI
Reja:
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari.
Uzluksiz ta’limni islox qilish yo‘nalishlari.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;
ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi ta’limning milliy tarix, xalqan’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
|
| |