• «hissa qo’shish» darajasi
  • Hyper Text Markup Lanquage (HTML)ni belgilash tili to’g`risida




    Download 2.01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/30
    Sana13.05.2023
    Hajmi2.01 Mb.
    #59317
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
    Bog'liq
    WpAPFHCtxWXZhmoQ0TCvyVByyNgatcaMSJCNUEDd
    Kompton effekti Nazariy kelib chiqishi, 15-maruza. operatorlarni qayta yuklash(1), Usmoniy A. Hisobot, 6-7 ETR, 13-14, . 4BRAIN kreativ metodi va qo’llanilishi Sarimsoqov Husanboy, 8-Dastur, GASTRONOMIYA TURIZM, Tarmoq 19-25 lab.Ibratjon, dedline 1, Pragramma, Karimov Kamoljon (1), KUNDALIK, 1-mustaqil ish
    2.2. Hyper Text Markup Lanquage (HTML)ni belgilash tili to’g`risida 
    umumiy ma`lumot 
    Butun dunyo o’rgimchagi–World Wide Web (WWW) HTML gipermatn 
    bog`lanish tili yordamida tuzilgan Web-sahifalardan iborat HTML ancha 
    murakkab til (Standart Generalived Marnup Language SGMLning hisoblanadi. 
    Ananaviy tushuncha bo’yicha HTML butunlay dasturlash tili hisoblanmaydi. 
    HTML–hujjatni belgilash tili. HTML–hujjatni tadqiq qilishda matnli hujjatlar 
    teg(tag)lar bilan belgilanadi. Ular maxsus burchakli ishoralar bilan o’rlagan 
    bo’ladi, (< va >). Teglar matnlarni formatlashda va matnga har xil nomatn 
    elementlarni masalan, grafiklar, qo’shimcha ob`ektlar va shu kabilarni o’rnatishda 
    ishlatiladi. 
    HTML tilining asosiy qoidalari quyidagicha:
    1 − qoida. HTMLdagi istagan harakat teglar bilan aniqlanadi. Bitta teg (chap) 
    harakatning bosh qismida, ikkinchisi esa, (o’ng) oxirida turadi. Bunda teglar « < » 
    yoki « > » ishoralar bilan yonma-yon turadi. Yolg`iz o’zi ishlatiladigan teglar ham 
    mavjud. 
    2 − qoida. Brauzer darchasidagi burchakli qavs ichiga joylashtirilgan istagan 
    teg yoki boshqa instruktsiya tashqariga chiqarilmaydi va HTML–fayl uchun ichki 
    buyruq hisoblanadi. 
    Shakl: ......sahifa matni...<|HTML> bunda chapki teg  
    HTMLdagi hujjatning boshlanishini, <|HTML> teg esa oxirini anglatadi. Agar 
    brauzer chapki tegga duch kelsa, navbatdagi matn–bu HTMLdagi kod ekanligi 
    ma`lum bo’ladi. Brauzer o’z darchasida tegni emas, balki teglar o’rtasidagi matnni 
    ko’rsatadi. Bu teglar bilan HTMLdagi istagan hujjat boshlanadi va tamom bo’ladi. 
    HTML qoidalariga ko’ra, yopuvchi (o’ng) teg xuddi ochuvchi (chap) teg 
    singari yoziladi, lekin teg nomi oldiga «|» (to’g`ri slesh) simvoli qo’shib qo’yiladi. 
    Qo’shaloq teglar orasida yagona printsipial farq shundaki, yopuvchi teglar 
    parametrlardan foydalanmaydilar. 


    52 
    Mos yakunlovchi teglarga muxtoj bo’lgan teglar konteyner teglar deyiladi. 
    Ochuvchi va yopuvchi teglar orasida yozilganlarning barchasi teg-konteynerga 
    tegishli bo’ladi. Ba`zida yakunlovchi tegni tushirib qoldirsa ham bo’ladi. Masalan, 
    jadvalining yacheykasidagi ma`lumotlarni ifodalovchi teg uchun unga mos 
    bo’lgan yopuvchi teg <|TD> ni doimo tushirib qoldirish mumkin, jadval 
    yacheykasi uchun ma`lumotlarning tugallanganligi navbatdagi
    tegning 
    paydo bo’lishi orqali aniqlanadi. 
    Qator teglar yakunlovchi teglarga muxtoj bo’lmaydi. Misol tariqasida 
    quyidagilarni keltirish mumkin: tasvirni o’rnatish tegi;
    satrining 
    majburiy ravishda uzatilishi; bazaviy shriftning ko’rsatmasi va 
    boshkalar. Ko’pincha tegning mohiyatiga qarab uning yakunlanishiga muhtojligi 
    to’g`risida fikr qilish mumkin. 
    HTMLda teglarning noto’g`ri yozilishiga e`tibor berish odat tusiga kirmagan. 
    Noto’g`ri yozilgan teg yoki uning parametrini brauzer aniqlanishi kerak. Bu barcha 
    brauzerlar uchun umumiy qoidadir. Ba`zan brauzerlar ta`siri ostiga xato yozilgan 
    teglar bilan birga, brauzerning ma`lum versiyasi anglanmagan teglar ham tushib 
    qoladi. 
    HTML teglari «hissa qo’shish» darajasi bo’yicha ajralib turadi. Murakkab 
    HTML–hujjatlarda ba`zi elementlarning xissa qo’shish darajasi 10dan ham oshishi 
    mumkin. Bunda oldingi hissa qo’shish darajasida bo’lgan teglar mavjud teglarga 
    nisbatan Bosh (родителский) teg deyiladi. Mavjud teg esa, tarmoqlanib chiqqan 
    (дочерний) yoki sho’`ba teg hisoblanadi. O’z navbatida, sho’ba–teg o’z hissasini 
    qo’shgan boshqa teglarga nisbatan bosh teg hisoblanishi mumkin. 
    Teglar parametrlar yoki atributlar (ang. attribute) bilan yozilishi mumkin. 
    Ruxsat etilgan parametrlar yig`indisi har bir teg uchun individual hisoblanadi. 
    Parametrlar yozishining umumiy qoidasi quyida keltirilgan. Teglar nomidan keyin 
    bir-birlari bilan probellar bilan ajralib turadigan teglar yozilishi mumkin. Teg 
    parametrlarining ketma-ketligi ixtiyoriy ravishda bo’ladi. Ko’p parametrlar 
    ularning mohiyatini (значение) ko’rsatishni talab qiladi, lekin ba`zi parametrlar 


    53 
    ularsiz yozilib fikr bildirmaslik (jim turish)ni ma`qul ko’radi. Agar parametr 
    mohiyat talab qilsa, u holda parametr nomidan keyin tenglik (q) ishorasi orqali 
    ko’rsatiladi. Parametr mohiyati qavs ichida yoki kavssiz yozilishi mumkin. Agar 
    parametr mohiyatida probel ishtirok etgan bo’lsa, u holda qavs, albatta yoziladi. 
    Parametr mohiyatida (teg va parametrlar nomidan farqli ravishda) ba`zida yozuv 
    registri muhim bo’ladi. Tegning parametr bilan yozilishiga misol:
    < TABLE BORDER ALIGN “left”> 
    Bu erda tegi uchun ikkita parametr berilgan. Moxiyatsiz 
    ko’rsatilgan birinchi parametr BORDER. Ikkinchi parametr ALIGN left 
    mohiyatiga ega. 
    HTML teglari turli xil parametrga ega bo’lishi mumkin, lekin barcha teglarga 
    mos tushadigan qator parametrlar ham mavjud. Masalan, HTML hujjatidagi 
    bulimida foydalanishga ruxsat etilgan barcha teglar quyidagi 
    parametrlarga ega bo’lishi mumkin: CLASS, ID, LANG, LANGUAGE, STILE va 
    TITLE. Parametrlar CLASS, ID, STILElar Internet Explorerning 3.0 versiyasidan 
    boshlab va Netscapening 4.0 versiyasidan boshlab kuvvatlanib keladi. Bu 
    parametrlar uslub (stil)lardan fodalanilganda kerak bo’ladi. Parametrlar LANG, 
    LANGUAGE, TITLElar faqat Internet Explorerning 4.0 versiyasidan boshlab 
    quvvatlanib keladi. Bu parametrlar mos kelgan foydalanadigan tillarni ko’rsatadilar 
    (masalan, Rossiya uchun LANG ru), skript yozish tilini (masalan, LANGUAGE 
    Java Script) va boshqalar. 
    Zamonaviy HTMLda til teglari va unda ko’rsatilgan qiymatlar bilan birga, 
    boshlang`ich HTML-kodda stsenariy kodlari(Java Script yoki VB Script) ham 
    yoziladi.
    90-yillarning o’rtalarida internet tarmog`ining eksponentsial o’sishi oqibatida 
    HTML tili ommaviy tus oldi. Bu vaktga kelib, tilni standartizatsiyalash zarurati 
    tug`ildi, chunki ko’p kompaniyalar Internetga kirish uchun ko’plab dasturiy 
    ta`minotlar ishlab chiqdilar, to’xtovsiz o’sib borayotgan (HTML instruktsiyasi 


    54 
    bo’yicha) o’zlarini variantlarini tavsiya qildilar. HTML tili teglarini qo’llash 
    bo’yicha yagona bir qarorga kelish payti yaqinlashgan edi. 
    World Wide Web Consortium (qisqacha–WZS) deb nomlangan tashkilot 
    HTML standarti (spetsifikatsiya)ni yaratish ishlarini o’ziga oldi. Uning vazifasiga 
    brauzerlar tadqiqotchi kompaniyalarning har xil takliflarini hisobga olgan holda 
    tilning zamonaviy rivojlanish imkoniyatlari darajasini aks ettiruvchi standartni 
    yaratish kiradi. Spetsifikatsiyaning tasdiqlash sxemasi quyidagilardan iborat: WZS 
    konsortsiumi standart loyihasini tayyorlaydi. Muhokama qilingandan so’ng, uning 
    ishchi (draft) varianti chiqariladi, so’ngra uni ma`lum bir davrga yana muhokama 
    qilish uchun tavsiya qilinadi. Istagan xohlovchi odam HTML standartining yangi 
    teg va versiyalari muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Muhokama davri 
    tugagandan keyin, standartning ishchi varianti tavsifnoma hisoblanadi, ya`ni 
    HTML spetsifikatsiyaning rasmiy tan olingan varianti bo’ladi. Qabul qilingan 
    standart Document Type Definition (hujjat xilini aniklash) yoki DTD deb ataladi. 
    Internetda birinchi marta ko’rsatilgan (taqdim qilingan) HTMLdagi DTD–
    standartning 1.0 versiyasi bo’ldi. So’ngra 1995 yil noyabr oyida WWW uchun 
    ancha aniq va o’ylab qilingan 2.0 versiya yaratildi. 
    1996 yil sentyabr oyida bir necha oylik muxokamadan so’ng 3.2 versiya 
    tasdiqlandi (3.0 versiya nashr qilinmadi). 
    1997 yil iyun oyida HTML–standartining 4.0 versiyasi e`lon qilindi va 1997 
    yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan standartlarning 
    eng oxirgisidir. 
    Umuman, HTML hujjat standart hisoblanishi uchun yana prolog 
    (muqaddima) ham kerak. Hujjatga qanday ishlov berishiga qarab u o’rnatiladi. 
    Prolog quyidagi ko’rinishga ega:
     
    Prolog bu maxsus ko’rinishga ega bo’lgan yolg`iz teg. Bu teg ochuvchi 
    oldida HTML–hujjatning eng oldiga o’rnatiladi va HTML 4.0–
    spetsifikatsiyasiga qat`iy mos kelgan holda rasmiylashtirilgan hujjat hisoblanadi. 


    55 
    HTML–hujjatga prologni o’rnatish–bu WZS talabidir, (Internetdagi ko’pchilik 
    HTML hujjatlarda prolog qo’yilmaydi). 
    HTML 4.0 spetsifikatsiyasida monitor ekranida taqdim etilgan ta`rifdan hujjat 
    strukturasi ta`rifini ajratish asosiy (klyuchevoy) g`oyaga aylandi. Tajriba 
    ko’rsatishi bo’yicha hujjatning bu ikkala ta`rifini bir-biridan ajratish platforma, 
    muhit va shu kabilarni keng miqyosda quvvatlashga qilinadigan sarf-harajatlarni 
    ancha kamaytirar ekan, shu bilan birga hujjatlarga o’zgarishlar kiritishni 
    osonlashtirar ekan. Bu g`oyaga asosan, stil (uslub) jadvali yordamida xujjatlarni 
    taqdim qilish usulidan ko’plab foydalanish maqsadga muvofiq keladi [6]. 

    Download 2.01 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




    Download 2.01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hyper Text Markup Lanquage (HTML)ni belgilash tili to’g`risida

    Download 2.01 Mb.
    Pdf ko'rish