Markaziy protsessor bajarilayotgan dastur, hisoblash jarayonini boshqarish va protsessor bilan
birga ishlayotgan qurilmalarga muvofiq
ravishda informatsiyani qayta o„zgartirishga mo„ljallangan.
Operativ xotirada saqlovchi qurilma ma‟lumotlarni va dasturlarni saqlash, qabul qilish va
chiqarish vazifalarini bajaradi.
Kiritish-chiqarish protsessorlari (kanallar) markaziy protsessor ishtirokisiz OXQ va PQ
orasida informatsiya
almashinuvini boshqarish, OXQ va PQ ishi tezliklarini muvofiqlashtir
ish,
kiritish-
chiqarishni dasturlashni unifikatsiyalash va yangi PQlarni ulash imkonini ta‟minlash uchun
mo„ljallangan. Kiritish-
chiqarish kanallari bilan
interfeys tushunchasi bog„liq; interfeys – bu jihozlar
majmuidir; ular yordamida kiritish-
chiqarish kanallari PQlarini boshqarish qurilmalari bilan hamda
kanal va PQ orasida ma‟lumotlarni uzatish tartibini aniqlovchi unifikatsiyalashgan algoritm
lar va
signallar bog„lanishi amalga oshiriladi.
Bir nechta PQning bir vaqtda ishlashi shu bilan ta‟minlanadiki,
ularning ish tezligi odatd
a
kanal ish tezligidan past va kanal bir nechta PQ orasida kanal umumiy vositalaridan foyd
alanish
vaqtini taqsimlab (multiplekatsiyalab) bir necha PQ bilan almashuvni amalga oshiradi.
Ma‟lumotlarni almashinish jarayonini boshqarish funktsiyalari kanal va PQ boshqarish
qurilmasi (PU kontrolleri) orasida taqsimlanadi: hamma PQ uchun umumiy bo„lgan funkts
iyalar
kanalda, ushbu PQ uchun maxsus funktsiyalar kontrollerda realizatsiya qilinadi.
ALT TVKida foydalaniladigan qurilmalarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
1)
katta hajmli informatsiyalarni saqlash, har xil ma‟lumotnoma tavsifidagi informatsiyani,
namunaviy loyihaviy yechimlar va sh.k. o„z ichiga olgan ma‟lumotlar bazasini (MB) tash
kil qilish
uchun mo„ljallangan
tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar;
2)
kiritish-chiqarish va alfavitli-raqamli informatsiyani hujjatlashtirish qurilmalari; ular
perfo-tashuvchilardan
informatsiyani kiritish-
chiqarishni va turli tashuvchilarda olingan loyihaviy
yechimlarni hujjatlashtirishni amalga oshiradilar;
3)
EHM bilan operativ aloqa qurilmalari; ular muhandisga istalgan ixtiyoriy vaqtda un
ga
qulay bo„lgan usulda ALT bilan muloqotda bo„lish
imkonini beradi (odatda bular – turli displeylar va
nutqiy kiritish-chiqarish qurilmalari);
4)
mashina grafikasi qurilmalari; ular grafik shaklda foydalangan
informatsiyani kiritish-
chiqarish va hujjatlashtirish uchun mo„ljallangan;
5)
teledostup va EHM tarmoqlarini tashkil qiluvchi texnikaviy vositalar; ular EHM bilan
masofadagi ALT foydalanuvchilari orasida, loyihalash tarmog„i tashkil qilinganda ALT T
VKiga
kiruvchi hamma EHMlar orasida va ALT TVKsi va hisoblash tarmog„i orasida aloqani a
malga
oshiradi;
6)
texnologik jihoz bilan aloqa qurilmalari; ular oraliq tashuvchilarni chetlab, loyihalangan
ob‟yektlar haqidagi ma‟lumotlarni bevosita avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlariga, raqa
mli
dasturaviy boshqariladigan dastgohlarga va boshqa shunga o„xshash
jihozlarga uzatish imk
onini
beradi;
7)
ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari; ular EHM ishtirokisiz, avtonom ravishda turli
tashuvchilarga ma‟lumotlar va dasturlarni tayyorlash uchun mo„ljallangan. Ma‟lumotlarni tayyo
rlash
qurilmalari boshqa periferiya qurilmalari orasida alohida o„rin egallaydi,
chunki EHM bila
n elektr
yordamida bog„langan va undan istalgancha uzoqlikda joylashishi mumkin.
Dasturni bajarishda protsessor OXQdan navbatdagi komandani tanlab oladi va bu komand
a
bo„yicha qanday amallar bajarilishi kerakligini aniqlaydi, talab qilingan amallarni bajaradi
va shu
vaqtning o„zida OXQdan keyingi komandani tanlab oladi, olingan
natijani OXQga jo„natadi va butun
sikl boshidan takrorlanadi.
Shunday qilib, protsessor va OXQ doimo o„zaro muloqotda bo
„lib
istalgan dasturni bajarishadi, kerak bo„lganda TSga kiritsh-
chiqarish kanallari yordamida murojaat
qiladi.