• Bosh shina, FSB
  • ISA shinasi
  •  Onalik platasi shinalari




    Download 1,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/77
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,86 Mb.
    #137907
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
    Bog'liq
    Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

    7.2. Onalik platasi shinalari 
    Qolgan qurilmalar bilan kompyuter protsessori o„tkazgichlar guruhlari yordamida bog„langan;
    ular shinalar deb ataladi. Funktsiyalari bo„yicha uch asosiy shinalarni: komandalar shinasi,


    ma‟lumotlar shinasi va adres shinalarini farqlashadi. 32 razryadli protsessorlar uchun kom
    andalar
    shinasi – bu 32 bir-
    biriga parallel o„tkazgich (sim)lardir; dasturlardan komandalar operativ xotiradan
    protsessorga shu o„tkazgichlar orqali keladi. Pentium va undan keyingi protsessorlarda ma‟lumo
    tlar
    shinasi 64 razryadli bo„lib, 64 o„tkazgichlarda mujassamlangan. Bu Pentium protsessorini
    64
    razryadli qila olmaydi, chunki protsessor razryadligini ma‟lumotlar shinasi razryadligi belg
    ilaydi.
    Adres shinasi operativ xotiradan ham komandalarni va ham ma‟lumotlarni boshqarish vazi
    fasini
    bajaradi deyish mumkin.
    Bosh shina, FSB 
    Agar kompyuterga tashqi qurilmalar ulanganini hisobga olmasak, protsessor komandani
    operativ xotiradan oladi va u bilan ma‟lumotlarni almashadi deyish mumkin. Protsessor x
    otiraga
    «o„zining» qurilmasi sifatida qaraydi. Qolgan hamma qurilmalar uning uchun – tashqari, garchi 
    ular
    tizimiy blok ichida joylashgan bo„lsa ham. Protsessorni operativ xotira bilan bog„lovchi h
    amma
    shinalarni bitta bosh shina sifatida qarash mumkin.
    U FSB (Front Side Bus) shinasi deb ataladi. Onalik platasi 66 (100, 133) MGts chastotas
    ida
    ishlaydi deyishganda, protsessorga tayanadigan bosh shina chastotasini nazarda tutishadi (protses
    sor
    ushbu chastotani oladi va uni o„zining ichki ko„paytirish koeffitsientiga ko„paytiradi).


    ISA shinasi 
    ISA (Industry Standard Architecture) – 80-yillar boshidagi genial yechimdir. Bu standart
    qo„shimcha qurilmalarni ulash va ular bilan xuddi ichki qurilma kabi ishlash uchun bosh 
    shinaga
    bo„linmalarni «kesib kiritish» imkonini berdi.
    53
    Bu texnologiya AT (Advanced Technology) nomini oldi va ikkinchi avlod IBM PC AT 2
    86
    kompyuterlarida birinchi marta qo„llandi.
    Bugungi kunda kompyuter komponentlarini korpusda joylashtirishning ikki standarti – AT va
    ATX mavjud. Korpus «standartliligi»ni aniqlovchi asosiy parametr form-
    faktor deb ataladi. ATX 
    form-faktori – zamonaviyroq va shu sababli afzalroqdir. Eskirgan AT form-
    faktorli kompyuterni
    tanlash keyinchalik, bir necha yil o„tgandan so„ng tizimiy blok ichini «yangilash» vaqti k
    elganda,
    muammo tug„dirishi mumkin. Kompyuterga o„rnatish yoki ulash mumkin bo„lgan qurilmalar ta
    nlovi
    cheklanishi mumkin. Tashqi qurilmalar (printer yoki skaner) ulanishi uchun mo„ljallangan
    bo„linmalar orqa devorida joylashishi bo„yicha AT va ATX korpuslarini farqlash mumkin.
    Ushbu standart paydo bo„lgunicha birinchi IBM PC kompyuterlari tashqi qurilmalar bilan
    deyarli ishlamas edi (printer, djoystik, klaviatura, ulanadigan diskovod xolos). ISA standar
    ti tadbiq
    bo„lgandan so„ng onalik platasida qo„shimcha platalarni oson o„rnatish imkoni paydo bo„
    ldi;


    qo„shimcha platalar yordamida onalik platasiga xohlagan narsani – magnitofon, sovutgich
    va
    h.k.larni ulash mumkin. Qo„shimcha platalar sho‘ba ( 
    дочерная
    ) platasi, kengaytirish kartasi yoki
    karta nomini oldi.
    Turli jihozlarning minglab mayda ishlab chiqaruvchilari har xil qurilmalarni ishlab chiqarishga
    kirishdi; ISA shinasining muvaffaqiyati ana shunda. Ular uchun kompyuter arxitekturasi ochiq b
    o„lib
    qoldi. ISA shinasining elektrik va mexanik parametrlarini bilib, istalgan odam kompyutern
    i
    rivojlantirishi va kuchaytirishi mumkin. Ochiq standarti bo„lmagan kompyuterlar «yo„q» b
    o„lib
    ketdi. Bir qancha «tug„ma» kamchiliklari bo„lgan IBM PC platformasi esa, bu kamchilikl
    arga
    qaramasdan, ikki o„n yilliklardan beri muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.

    Download 1,86 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




    Download 1,86 Mb.
    Pdf ko'rish