Masalan, u magnit maydonlaridan, qarishdan va hatto mayda tirnalishlardan qo„rqmaydi.
CD-
ROMning eng katta kamchiligi – informatsiyani qayta
yozish mumkin emasligidir; u faqat
o„qish
uchun mo„ljallangan.
CD-ROM diskovodini ishlab chiqaruvchilar ularning tezlik xarakteristikalarini
muttasil
yaxshilab bormoqdalar. Bugungi kompyuterlar 32-, 40-, 50-tezlikli diskovodlar bilan
komplektlanmoqda, lekin hozirgacha ancha sekin ishlaydigan qurilmalar ham ishlatilmoqda.
CD-ROM diskovodi bikr diskka o„xshab onalik platasiga ulanadi va unga o„xshab
qabul
qilingan standartlari SCSI yoki IDE (ATA, ATAPI)dan biri bo„ladi.
SCSI interfeysli CD-ROM diskovodi tezroq ishlaydi, lekin qimmatroq ham turadi. Ularni SCSI
shinasi bilan jihozlangan tizimga qo„shish qulay, ya‟ni kompyuterda SCSI bikr diski o„rn
atilgan
bo„lsa. SCSI interfeysining lentali kabeli (shleyfi)ga bikr diskdan tashqari yana oltita SCS
I
qurilmalarini ulash mumkin, jumladan CD-
ROM diskovodini ham. Ba‟zan tovush platasi SCSI (yoki
IDE) interfeysi bilan jihozlangan bo„lishi mumkin – bu holda diskovodni unga ulash mumkin.
Savollar
1. Onalik platasi ishlashining asosiy aspektlarini bayon qiling.
2. Onalik platasi shinalarini va ularning ishlashi ta‟riflang.
3. Integrallashgan tizimlar asosiy tushunchalarini aytib bering.
4. EHM periferiya qurilmalari haqida so„zlab bering.
5. Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalarga nimalar kiradi?
6. Tizimning mumkin qadar maksimal tezkorligini ta‟minlash
uchun bikr diskning
parametrlari qanday bo„lishi kerak?
59
7. Ajraluvchi diskli to„plagichlarni tahlil qiling va to„plagich bilan uning disklarini tavsiflang.
8. Keyinchalik bo„ladigan modernizatsiyani hisobga olgan holda tizimning optimal
konfiguratsiyasini tanlang. Tanlangan konfiguratsiyani batafsil asoslang.
60