7.5. Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar
Ular EHM xotirasini o„nlab va yuzlab gigabaytlargacha ko„paytirish imkonini beradi; bu katta
hajmli ma‟lumot va loyihaviy informatsiyalar bilan ishlaydigan ALT uchun zarur. Bu TX
Qlar –
OXQlariga nisbatan tashqidir va shu sababdan tashqi (TXQ) deyiladi. TXQda saqlanuvchi
ma‟lumotlar bevosita markaziy protsessor tomonidan informatsiya almashinuvini amalga os
hiradi.
Shuning uchun qolgan boshqa tashqi qurilmalarda ma‟lumotlar almashinishi printsipi qanday bo
„lsa,
TXQ uchun ham shunday bo„ladi.
Magnit diskida to„plagich (MDT) – eng tezkor TXQdir; u katta hajm va yetarlicha tezkorlikka
ega.
MDT to„g„ri (bevosita) kiriladigan qurilma bo„lib, unda adreslash tizimi qo„llanadi; bu
ma‟lumotlar massivining istalgan qismiga murojaat qilish imkonini beradi. Bu holda qidiri
sh vaqti
qidirilayotgan informatsiya birligi tashuvchining qaysi qismida joylashganligiga kam bog„liq.
Magnit diskida to„plagichlar informatsiyaning katta massivlarini operativ saqlash uchun
foydalaniladi. Odatda magnit disk (MD)larida ko„p qayta foydalaniladigan dasturlar, so„ro
v
ma‟lumotlari va sh.k.lar saqlanadi. Magnit diskida to„plagichlar katta hajmga ega, qidirish vaqti
kam,
informatsiya bitini saqlash narxi nisbatan arzon.
HDD — bikr disk
HDD ( Hard Disk Drive) – bizning hamma dasturlarimiz va informatsiyalarni bosh
saqlagichdir. Gaplashganda uni «vinchester» deyishadi. Bikr disk ichida magnit qatlami bil
an
qoplangan disklar katta tezlikda aylanadi. Bu disklar sirtlarida o„quvchi/yozuvchi kallaklar
siljiydi.
Disklar va kallaklar germetik va mustahkam korpusda joylashgan.
Bikr disk – «yuqori texnologiya»ning murakkab qurilmasidir. U avaylab murojaat qilishni va
ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilishni talab qiladi. Disklar katta tezlikda aylanayotgan p
aytda
ularning sirtlari bilan o„quvchi/yozuvchi kallaklar orasida yupqa havo yostiqchasi hosil bo
„ladi; u
kallaklarning disk magnit qatlamiga tegishi (buzilishi)ning oldini oladi. Zarba bilan urilgan
da yoki
kuchli turtilganda kallak disk sirtiga tegib ketishi va magnit qatlamini buzishi mumkin. B
a‟zan
kallakning o„zi ham zararlanadi.
Kallak bilan disk orasidagi havo tirqishi shunchalik kichikki, bu tirqishdan oddiy chang emas,
balki tamaki tutuni tarkibidagi mayda qattiq zarrachalar ham o„tmaydi. Bunday zarrachala
r
vinchesterning germetik korpusidagi ventilyatsiya teshiklaridan o„tish qobiliyatiga ega. Gar
chi ular
filtrlar bilan berkitilgan bo„lsa ham.
Chang yoki chekilgan xonada bikr disklar ishdan tez chiqishini ekspertlar aniqlashgan.
Zamonaviy bikr disklar 500 Gbayt va undan katta hajmga ega. Masalan, ma‟lumotlarni saqlash
tashqi tizimlarida ixtisoslashgan LaCie Fransiya kompaniyasi 2003 yil dekabr oyida 500
Gbayt
hajmli portativ FireWire-
vinchesterini chiqarishga tayyorlanmoqda. Bunday hajm MPEG2 (video
formati)ni ikki sutka davomida uzluksiz yozishga etadi.
Operativ xotiraga nisbatan bikr diskdan ma‟lumotlar sekinroq uzatiladi, ammo ta‟minot
uzilgandan keyin ham ma‟lumotlar bu diskda qoladi. Lekin boshqa tashqi (mexanik) xotir
ada
saqlovchi qurilmalarning ko„piga qaraganda bikr disklar ishining tezligi katta.
Oddiy personal kompyuterlarning ko„pchiligida IDE turidagi bikr disklar qo„llanadi. IDE
(uning o„zi EIDE, ATA, ATAPI) – bu interfeys – onalik platasi shinasiga bikr disk dast
uraviy va
apparatli usulda ulanish turi. EIDE interfeysi bunday turdagi to„rttagacha qurilmani ulash
imkonini
beradi (bikr diskdan tashqari lazerli disklar – CD-ROM uchun diskovodlar bo„lishi mumkin).
Tizim unumdorligiga yuqori talablar qo„yilgan hollarda bikr disk va onalik platasining asosiy
shinasi orasida ma‟lumotlarning katta tezlikda uzatilishini ta‟minlaydigan interfeys – SCSI
deb
nomlanadigan interfeysdan foydalanishadi. Yuqori unumdorlikdan tashqari u tizimga 16 ta
gacha
SCSI deb nomlanadigan qurilmalarini ulash imkonini beradi. Bu turdagi qurilmalar ancha
qimmat
bo„lganligi sababli, SCSI interfeysi odatda ishxonadagi kompyuterlarda qo„llanadi.
Diskli to„plagichlar ham statsionar tizimlarda va ham portativ tizimlarda ishlatiladi. Portati
v
tizimlarda sig„imi va ma‟lumotlarni uzatish tezligidan tashqari, diskli to„plagichning gabar
itlari va
og„irligi hamda zarbiy yukka stabilligi muhim o„rin egallaydi.
Shunday bikr disklardan birini ko„rib chiqamiz.
Hitachi Global Storage Technologies kompaniyasi noutbuklar uchun bir nechta yangi 2,5-
dyuymli vinchesterlarni ishlab chiqdi. Travelstar 7K60 (7.2-
rasm) ancha qiziqish uyg„otadi. Bu
57
shpindelining aylanish tezligi 7200 ayl./min bo„lgan noutbuklar uchun yangi bikr diskdir.
Shu
paytgacha portativ kompyuterlarda asosan 5400 ayl./min li vinchesterlar qo„llanilar edi. Tr
avelstar
7K60 60 Gb sig„imga ega va energiyani sarflashini boshqa yangilik – shpindeli sekinroq
tezlikda
aylanadigan Travelstar 5K80 bilan solishtirish mumkin.
7.2-rasm. Hitachi Travelstar vinchesteri
Shpindel aylanish tezligining ortishi unumdorlikni sezilarli darajada ortishi imkonini berdi;
u
statsionar personal kompyuterlar vinchesterlarining xarakteristikalaridan amalda kam emas.
Disk
ma‟lumotlarni uzatish tezligi 100 Mb/s gacha bo„lgan ATA-6 interfeysidan foydalaniladi.
Ma‟lumotlar ikkita shisha plastinaga yoziladi, o„qish uchun esa to„rtta kallak xizmat qiladi. Rux
sat
etiladigan zarbiy yuk ishlamayotganda 1 ms da 1000 gr. va ishchi holatda 2 ms da 200
gr.
Informatsiyani qidirish o„rtacha vaqti atigi 10 ms. Disk og„irligi 100 grammdan kam.
Ikkinchi yangi vinchester – bu yuqorida eslatilgan Travelstar 5K80. U to„rt variantda – sig„imi
20 Gb dan 80 Gb gacha chiqarilmoqda. Modifikatsiyasiga qarab disklarda bitta yoki ikkit
a shisha
plastina va bittadan to„rttagacha kallaklardan foydalaniladi. Ma‟lumotlarni qidirish o„rtacha vaqt
i 12
ms. Disk ATA-
6 protokoli bo„yicha ishlaydi va ishlamagan holatda 1 ms da 800 grammgacha va
ishchi holatda 2 ms da 200 grammgacha bo„lgan yukka chidaydi. Og„irligi modifikatsiyasiga qa
rab
98…102 gr.
|