|
§ 15.3. Mikrosxemalarni belgilash
|
bet | 105/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)§ 15.3. Mikrosxemalarni belgilash
IMSlarning turlarini aniqlash tasdiqlangan shartli belgilar asosida olib boriladi. U mikrosxemaning qanday shakl va texnologik asosda ishlab chiqarilganligini, qanday maqsad uchun ishlatish mumkinligini hisobga oladi.
Yasalish shakli va texnologiyasiga qarab IMSlar 3 ta guruhga bo’linadi va raqamlar orqali ifodalanadi.
a) 1,5,6,7-yarim o’tkazgichli mikrosxema;
b) 2,4,8- duragay mikrosxema;
d) 3-pardasimon vakuumli, keramikali (sopol)mikrosxema.
Mikrosxema belgisida uning seriyasi raqamlari bilan ifodalanadigan ikki elementdan tashkil topdi. Unda birinchi raqam mikrosxemani yasashdan shakl va texnologiyasini ifodalasa, ikkinchisi, ikki xonali (eskicha) yoki uch xonali (yangicha) raqam-seriyaning tartib nomerini ko’rsatadi. Masalan, 1801 seriya 801 tartib nomerli yarim o’tkazgichli IMS deb o’qiladi. 252 seriya - 52 nomerli duragay mikrosxemadir.
Qanday maqsadga xizmat qilishga qarab IMSlar yana guruh bo’limlari (podgruppa) va ko’rinishga ajratildi (masalan generatorlar, kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar va boshqalar). U mikrosxema belgisida seriyadan keyin yoziladigan ikki harif bilan ifodalanadi. GS-garmonik tebranish generatori, DF-fazoviy detektor, UV-yuqori chastotali kuchaytirgich, UN-past chastotali kuchaytirgich, VX-mikrokalkulyator va boshqalar. Ular mikrosxemalarni belgilash jadvallarida ko’rsatiladi. Mikrosxema belgisining oxirida A (ruscha) dan Ya (ruscha) gacha bo’lgan harflar bo’lishi mumkin. Ular bir turdagi mikrosxemaning parametrlaridagi farqni ifodalaydi.
Mikrosxema belgisida seriya belgisidan oldin K, KM, KN, KR va KA harflar yozilgan bo’ladi. Ular mikrosxemada chiqargan zavoddan qabul qilib olinganlik shartini ifodalaydi. Bunda K harfi mkrosxemaning keng qo’llanilish maqsadida ishlab chiqarishni bildiradi. Masalan K155IYe7 deb belgilangan mikrosxema quydagicha o’qiladi: keng qo’llanilishi maqsadida ishlab chiqarilgan 155 seriyadagi 7 tartibli (nomerli) schyotchik (hisoblagich) vazifasini bajaradigan yarim o’tkazgichli mikrosxema, seriya tartibi (nomeri). Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi bo’lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar.
|
| |