10.2-rasm. Muvozanat holatida tok va kondensator kuchlanishining
vaqt bo’yicha o’zgarish grafigi
Unda Uo’rt-yuklamadan olinadigan kuchlanishning o’rtacha qiymati. Yuklamadagi kuchlanishning pulslanish kattaligi (Uo’rt) Sn, Rn va R1 kattaliklar orasidagi munosabatga bog’liq. Xususiy holda, Rn rezistorning qarshiligi kichraytirilsa, chiqish kuchlanishining miqdori kamayib, uning pulslanishining absolyut qiymati ortadi. Aksincha, Rn rezistorning qarshiligi ortsa, chiqish kuchlanishi ortib, uning pulslanishi kamayadi. Sababi qarshilik kichraysa, zaryadsizlanish toki katta va kondensatordagi qoldiq kuchlanish kichik bo’ladi. Aksincha, Rn katta bo’lsa, zaryadsizlanish toki kichik bo’lib, kondensatordagi qoldiq kuchlanish katta bo’ladi. Natijada diod transformator kuchlanishining katta qiymatlarida ochiladi. Shunga ko’ra Rn rezistorning qarshiligi ortishi bilan dioddan tok o’tish vaqti qisqarib, chiqish kuchlanishining Vo’rt pulslanishi kichrayib boradi.
Shuni aytish kerakki, transformator kuchlanishining manfiy yarim davrlarida diodga qo’yilgan kuchlanish Um+Uc qiymatga erishadi. Bu kuchlanish teskari kuchlanish deb ataladi. To’g’rilagichlarni yasaganda diod shu kuchlanishga chidaydigan qilib tanlanishi lozim. Demak, tokning pulslanish darajasi kesish burchagiga bog’liq bo’ladi. Kesish burchagi kichrayishi bilan pulslanish ham kichrayib boradi. Ikkinchi tomondan, kesish burchagi kichrayishi bilan to’g’rilagichning, foydali ish koeffitsiyenti ortadi. Sababi bunda diodga kam yuk tushadi va u osonroq ishlaydi. Shuning uchun uning energiya uzatish qobiliyati ortadi.
Bitta yarim davrli to’g’rilash sxemasida o’zgaruvchan tok manbai energiyasining faqat bir qismidangina foydalaniladi. Undan to’liq foydalanish uchun ikkita yarim davrli to’g’rilash sxemasi tuziladi. U ikkita bitta yarim davrli to’g’rilash sxemasining ketma-ket ulanishidan iborat. Ulardan biri transformator kuchlanishining birinchi yarim davrida ishlasa, ikkinchisi - ikkinchi yarim davrida ishlaydi.
Ikkita yarim davrli to’g’rilash sxemasi asosida yaratilgan to’g’rilagichning prinsipial sxemasi va chiqish kattaliklarining vaqt diagrammasi 10.3-rasmda ko’rsatilgan.
|