• 11.8- rasm. Kuchaytirgichning A ish rejimi
  • 11.9- rasm. Kuchaytirgichning B ish rejimi
  • § 11.3. Kuchaytirgichning ish rejimlari




    Download 4,71 Mb.
    bet61/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    § 11.3. Kuchaytirgichning ish rejimlari


    Kuchaytirgichlarning boshqaruvchi elementa chiziqli bo’lmagan element bo’lgani uchun kuchaytiriladigan sig­nal buzilishga uchraydi. Chiziqli bo’lmagan buzilishlarning bo’lishi yoki bo’lmasligi signal amplitudasining kattaligiga va boshlangich ishchi nuqtaning yuklama chizig’ida tanlanish o’rniga bog’liq. Shunga ko’ra ularning ish rejimi 3 ta asosiy turga ega: A, V va S rejimlar. Kuchaytirgichning bu ish rejimlari kuchay­tirish sinflari deb ham ataladi. Ular garmonik tebranishlar uchun son jihatdan kesish burchagi orqali xarakterlanadi.
    Kuchaytirgichning A ish rejimida boshlang’nch ishchi nuqta kuchaytiruvchi element dinamik xarakteristika- sining to’g’ri chiziqli qismiga joylashgan bo’lib, kirish kuchlanishining ta’siri davomida shu qismdan chiqib ketmaydi. Bu 5.5-rasmda bipolyar tranzistorning UE ulanish sxemasining o’tish xarakteristikasi misolida tasvirlab berilgan.

    11.8-rasm. Kuchaytirgichning A ish rejimi


    Undan kollektor toki o’zgarishining kirish kuchlanishiga mos bo’lishi, amplitudasining Iko o’zgarmas tashkil etuvchi tokdan kichikligi ko’rindi. Shuning uchun kesish burchagi Θ=180° bo’lib, chiqish signalining shakli kirish signaliniki bilan mos tushadi, ya’ni chiziqli bo’lmagan buzilishlar kuzatilmaydi.
    A-rejimda kuchaytirgichning kirishiga signal ta’sir etsa va etmasa ham manbadan ko’p energiya sarf bo’ladi, chunki Iko tok katta qiymatga ega. Shuning uchun bu rejimning foydali ish koeffitsienti juda kichik (η<50%). Bu uning kamchiligidir.
    V ish rejimda boshlang’ich ishchi nuqta o’tish xarak- teristikaeining boshlanish nuqtasida (ochilish potensialiga teng) joylashgan bo’ladi (11.9-rasm).

    11.9-rasm. Kuchaytirgichning B ish rejimi


    Shuning uchun o’zgarmas tashkil etuvchi Iko tok nolga teng (ide­al holda) bo’lib, kirish signalining yarim davrlaridagina tranzistordan tok o’tadi (Θ=90°). Natijada ku­chaytirgichning foydali ish koeffitsienti 80% gacha yetadi. Lekin chiziqli bo’lmagan buzilishlar juda kat­ta bo’ladi.
    Kuchaytirgichning foydali ish koeffitsientini yanada orttirish uchun S ish rejimga o’tiladi. Unda bosh- lang’ich ishchi nuqta yopilish potensialidan ham ichkariroqda tanlanadi (11.10-rasm, S nuqta).


    Download 4,71 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    § 11.3. Kuchaytirgichning ish rejimlari

    Download 4,71 Mb.