-rasm. Kuchaytirgichning statsionar




Download 4,71 Mb.
bet59/125
Sana16.11.2023
Hajmi4,71 Mb.
#99646
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
Bog'liq
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

11.6-rasm. Kuchaytirgichning statsionar (a va b) va o’tish (v) xarakteristikasi


Ideal kuchaytirgichda chiqish kuchlanishining shakli kirish kuchlanishining shakli bilan bir xil bo’ladi va stasonar xarakteristikalar (11.6 a,b-rasm, punktir chiziq) to’g’ri chiziqli bog’lanishni beradi. Real kuchaytir­gichlarning xarakteristikalarn hamma vaqt to’g’ri chiziqli bog’lanishdan chetlashadi. U kuchaytirgichda sodir bo’ladigan buzilishlarni ifodalaydi. Buzilishlarni baholash uchun spektral usuldan foydalanib, kuchaytirgichning kirish va chiqish signalini garmonik tashkil etuvchilar yig’indisidan iborat deb qarash kerak.
Agar kuchaytirgichning chiqish kuchlanishining spektri uning kirish kuchlanishi spektriga mos tushea, sig­nal buzilmagan bo’ladi. Bunda:
1. chiqish kuchlanishi spektrida yangi garmonik tashkil etuvchilar hosil bo’lmaydi;
2. chiqish va kirish signalining mos garmonik tashkil etuvchilari amplmtudalarining nisbati bir xil qiymatli bo’ladi;
3. kirish va chiqish signali mos garmonik tashkil etuvchilari fazalari bir xil bo’ladi.
Agar bu shartlardan birortasi bajarilmay qolsa, kuchaytirgich signalni buzib kuchaytirgan bo’ladi.
Kuchaytirgichlardagi buzilishlar chiziqli va chiziqli bo’lmagan buzilishga bo’linadi. Chiziqli buzilishlar chastotaviy, fazaviy va o’tish buzilishlariga ajratiladi va mos nomli xarakteristikalar orqali ifodalanadi. Chiziqli bo’lmagan buzilishlar esa, kuchaytir­gichning amplitudaviy xarakteristikasi orqali aniqlanadi.
Garmonik tashkil etuvchilarining birday kuchayti- rilmagani sababli signal shaklining buzilishi chas­totaviy buzilishlar deb ataladi. Ular chastotaviy xarakteristikaning ishchi chastota diapazonidagi notekisligi bilan xarakterlanadi.
Ishchi chastota diapazoni deganda shunday chastotalar oraligi tushuniladiki, bu oraliqda kuchaytirish koeffitsientining o’zgarishi oldindan belgilangan chegaraviy Kn va Kv qiymatndan kamayib ketmaydi (11.6- rasm).
Chastotaviy buzilishlar M*- chastotaviy buzilish­lar koeffitsienti orqali ifodalanadi. U kuchaytirish koeffitsientining maksimal qiymatini berilgan chas- totadagi kuchaytirish koeffitsientiga nisbati ko’rinishida aniqlanadi:
(11.5a)
Chastotaviy buzilishlar koeffitsientiga teskari bo’lgan miqdor xarakteristikaning notekislik koeffitsi­enti deb ataladi:
. (11.5b)
Chastotaviy buzilishlar koeffitsientining eng katta qiymati kuchaytirgichning qanday maqsadda qo’llanishiga bog’liq. Masalan, radioeshittirish maqsadida ishlatiladigan kuchaytirgichlarda u (2÷4) db, elekt­ron o’lchov asboblari kuchaytirgichlarida esa, desibel- ning yuzdan bir ulushi tartibida bo’ladi.
Murakkab signal tashkil etuvchilari fazasiningku- chaytirgichdan vaqt bo’yicha bir xil siljimay o’tishi natijasida chiqish signali shaklining o’zgarishi faza­viy buzilishlar deb ataladi va kuchaytirgichning faza­viy xarakteristikam orqali xarakterlanadi.
Shuni aytish kerakki, odamning qulog’i signalning tashkil etuvchilarida hosil bo’ledigan faza o’zgarish- larini sezmaydi. Shuning uchun signal shaklining fa­zaviy buzilishlar hisobiga o’zgarishini odam sezmaydi. Shu sababli past chastotali kuchaytirgichlarda faza­viy buzilishlar hisobga olinmaydi. Televizor va ossillograflarning trubkalarida hamda ayrnm o’lchov as­boblari kuchaytirgichlarida fazaviy buzilishlar katta ta’sirga ega. Chunki bunda ekrandagi tasvir o’zining haqiqiy ifodasidan chetlashadi. Shuning uchun bu qurilmalarda fazaviy buzilishlarning qat’iy chegarasi belgilab qo’yiladi. Masalan, ossillograf trubkalarda u 4°-5° dan ortmasligi kerak.
Kuchaytirgichlarning sxemasidagi reaktiv elementlar uning o’tish xarakteristikasining o’zgarishiga olib keladi. Bu o’zgarish o’tish buzilishlari orqali ifodalanadi va ikki xilga bo’linadi: signal fronti va cho’qqisining buzilishi.
Zamonaviy kuchaytirgichlarda signal oldi fronti­ning tiklanishi uning davom etish vaqtiga nisbatan juda qisqa vakt ichida yuz beradi. Shuning uchun kuchay- tirgichdagi o’tish buzilishlarini aniqlash uchun uning o’tish xarakteristikasining vaqt o’qini darajalash turlicha qilib olinadi. Masalan, signal frontining buzilishlarini aniqlashda vaqt o’qining darajalanishi uzaytirilgan holda olinsa, signal cho’qqisining buzilishini aniqlashda vaqt o’qining darajalanishi ju­da qisqartirilgan holda olinadi. Birinchi holda xa­rakteristika qisqa vaqtlar o’tish xarakteristikasi deyilsa, ikkinchi holda u uzaytirilgan vaqtlar o’tish xarakteristikasi deb ataladi. Signal frontining tilanish vaqti tu va chetlashish δ degan kattaliklar orqali ifodalanadi (11.5-v rasm).
Impuls frontining tiklanish vaqti deganda chiqish kuchlanishi o’z qiymatining 0,1 ulushidan 0,9 ulushigacha o’sishga erishish uchun ketgan vaqti tushuniladi:
ty = t2-t1.
δ chetlashish o’tish xarakteristikasidan signal makeimal ordinatasining oldi fronti tiklangandan keyingi ordinatasi farqi kurinishida aniqlanadi: δ=U2max-1 va foizlarda yoki nisbiy kiymat kurinishida ifodalanadi.
Impuls cho’qqisining buzilishi uning tepa qismi- ning impuls uzilish (tugash) vaqtidagi qiymatidan og’ishi bilan belgilanadi. 11.4- rasmda ko’rsatilgan uzoq vaqtlar o’tish xarkteristikasidan ular quyidagicha aniqlanadi:


Download 4,71 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Download 4,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Kuchaytirgichning statsionar

Download 4,71 Mb.