|
-rasm. RC - kuchaytirgichning chastotaviy va fazaviy xarakteristikasi
|
bet | 67/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)11.18-rasm. RC - kuchaytirgichning chastotaviy va fazaviy xarakteristikasi
Unda fazaviy xarakteristikaning chastota o’qi P sathga to’g’ri keladi. Chunki kuchaytiruvchi elementning chiqish va kirish kuchlanishlari orasidagi faza farqi 180° ga tengdir. (11.11) ifodadan ko’rinadiki, kuchaytirish koeffitsienti va faza siljishi chastotaga bog’liq kattalikdir. Bu bog’lanishni qavs ichidagi ifoda belgilaydi va u qandaydir ωo chastotada nolga teng bo’ladi. U xolda kuchaytirish koeffitsienti maksimal qiymatg’a erishib, faza siljishi nolga teng bo’ladi. Bu sxemadagi energiya to’plovchi S va S0 elementlarning ta’sirlari o’zaro teng va qarama-qarshi yo’nalishda bo’lishini ko’rsatadi. Shuning uchun ekvivalent sxemalarda bu elementlarni hisobga olmaslik mumkin (11.16 a- rasm).
ωo chastota kvazirezonans chastota deb ataladi va qu- yidagicha aniqlanadi:
11.19-rasm. Unipolyar tranzistorli RC-kuchaytirgichning o’rta (a), quyi (b) va yuqori (v) chastotalar sohasi uchun ekvivalent sxemalari
(11.12)
Signal chastotasi kvazirezonans chastotaga nisbatan kichrayishi bilan (ω<ωo)ωτv kattalik nolga intilib, - o’sadi. Shuning uchun (11.11) ifoda soddalashib, quyidagi ko’rinishga keladi:
(11.13)
Bu chastota kichrayishi bilan S va So sigimlarning o’tkazuvchanligi kichrayishini va So sig’imning ta’sirini hisobga olmaslik mumkinligini ko’rsatadi (11.16 b-rasm). Shuning uchun kuchaytirish koeffitsientnniig kichrayishi ajratuvchi kondensatorning o’tkazuvchanligiga bog’liq bo’lib qoladi. Sababi Rc yuklamadan ajratib olinadigan kuchlanish ajratuvchi kondensatornining qarshiligiga va Ryuk rezistorga bo’linadi. Chastota kichrayishi bilan ajratuvchi sig’im qarshiligi orta boshlaydi va undagi potensial tushuvi ham o’sadi. Natija Ryuk rezistordagi kuchlanish kamayib, kuchaytirish koeffitsientining kichrayishiga olib keladi (Faza siljishlari ortadi).
Signal chastotasi kvazirezonans chastotaga nisbatan ortsa
(ω>ωo), 11.13-ifodadagi - kattalik kichrayib, ωτv kattalik o’sadi. Shuning uchun u soddalashib quyidagi ko’rinishga keladi:
(11.14)
Bu chastota ortishi bilan ajratuzchi kondensatorning ta’siri susayib, zararli sig’imlarning ta’siri ortishini ko’rsatadi (11.19 v-rasm). Shuning uchun ajratuvchi kondensatorning qarshiligi hisobga olinmaydi. Bunda parazit sig’imlarning qarshiligi kichik bo’lgani uchun yuklama rezistorini shuntlay boshlaydi. Natijada kuchaytirgichning chiqishidagi natijaviy ekvivalent sarshilik kichrayib, chiqish kuchlanishining kamayishiga olib keladi va kuchaytirish koeffitsienti kichrayadi (faza siljishlari ortadi).
Shunday qilib, kuchaytirgichning chastotaviy va fazaviy xarakteristikasini uchta chastota sohasiga ajratish mumkin (11.15-rasm).
1. ω ωo -o’rta chastotalar sohasi. Bunda S va S0 sig’imlarning ta’siri hisobga olinmaydi, kuchaytirish koeffnsienti eng katta bo’lib, faza siljishlari nolga yaqin bo’ladi;
2. ω<ωo quyi chastotalar sohasi. Unda faqat ajratuvchi kondensatorniig ta’siri hisobga olinadi. Kuchaytirish koeffitsientining kichrayishiga (faza siljishining ortishiga) sig’im qarshilikning ortishi sabab bo’ladi.
3. ω>ωo - yuqori chastotalar sohasi. Unda kuchaytirish koeffitsientining kichrayishi (faza siljishining ortishi)ga zararli sig’imlarning yuklama rezistorini shuntlashi sabab bo’ladi.
Chastotaviy xarakteristikaning notekislik koeffitsientini aniqlaylik. Kuyi chastota sohasnda u (11.13) ifodadan aniqlanadi va kuchaytirgichning o’tish zanjiri bilan xarakterlanadi:
(11.15)
Agar (11.15) ifodani fazaviy xarakteristikaning (11.13) ifodasi bilan solishtirsak, biror bir chastotaga to’gri keladigan xarakteristikaning notekislik koeffisienti bilan oddiy bog’lanishda ekanini aniqlash mumkin, ya’ni
Mn = cosψn (11.16)
Demak, signalning biror chastotadagi faza siljishnning kosinusi, shu chastotaga to’g’ri keladigan xarakteristikaning notekislik koeffitsientiga son jixatdan teng bo’lar ekan.
Xuddi shunday, kuchaytirgichning yuqori chastota sohasi uchun xarakteristikasining notekislik koeffnsienti ifodasi
(11.17)
ni (11.14) fazaviy xarakteristika tenglamasi bilan solishtirib,
Mv = cosψv (11.18)
ekanini aniqlash mumkin, ya’ni signalning biror chastotadagi faza siljishiniig burchak kosinusi son jihatdan shu chastotadagi xarakteristika notekislik koeffitsientiga teng buladi.
(11.16) va (11.18) ifodalar chastotaviy buzilishlar kichik bo’lsa, faza buzilishlari ham kichik bo’lishini ko’rsatadi.
11.17-rasmda kuchaytirgichning normallashgan chastotaviy xarakteristikasi ko’rsatilgan.
|
| |