• 11.20-rasm. KRN9UN1 mikrosxema (a) va unda tuzilgan past chastotali kuchaytirgich (b)
  • § 11.7. Yuqori chastotali kuchaytirgichlar
  • Toshkent davlat transport universiteti




    Download 4,71 Mb.
    bet68/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    11.20-rasm. Normallashgan chastotaviy xarakteristika


    Undan kuchaytir­gichning o’tkazish sohasining chegaraviy chastotalarini aniqlash mumkin. Ta’rifga binoan o’tkazish sohasining quyi chastota chegarasi
    tenglikdan, yuqori chegaravni chastota esa,
    tenglikdan aniqlanadi va quyidagicha bo’ladi:
    va (11.19)
    Demak, RC - kuchaytirgichning o’tkazish sohasining quyi chastotasi o’tish zanjirining vaqt doimiysiga, yuqori chastotasi esa, chiqish zanjirining vaqt doimiy­siga bog’liq ekan. Utkazish soxasini ksngaytnrish uchun τn ni ortirish, τv ni esa. kichraytirish lozim. Lekin ularni istagancha o’zgartish mumkin emas. Juda keng o’tkazish sohasiga erishish uchun maxsus usuldan foydalaniladi.
    Yuqorida ko’rsatilgan kuchaytirgichlar diskret elementlardan tashqari qiyosiy IMS da ham joriy qilinmoqda. 11.20-rasmda eng sodda shunday kuchaytirgichlardan biri ko’rsatilgan.

    11.20-rasm. KRN9UN1 mikrosxema (a) va unda tuzilgan past chastotali kuchaytirgich (b)


    U past chastotali kuchaytir­gich bo’lib, KR119UN1 mikrosxemada joriy qilingan. Unda kollektor va emitter rezistorlari ikkita rezistoriing ketma-ket ulanishidan tashkil topgan (Mikrosxemaning 11 uchidan foydalanilmagan).
    Shuni aytish kerakki, IMSlar yopiq qobiqda ishlab chiqarilgani uchun universal sxemani tashkil kiladi. Unda bir tur kuchaytirgichning turli xil xarakteris­tika va parametrlariga erishish choralari ko’rilgan bo’ladi.


    § 11.7. Yuqori chastotali kuchaytirgichlar


    Ko’p hollarda yuqori chastotali kam quvvatli tebranishlarni bir necha o’n, hatto yuz million marta kuchay­tirish talab kilnnadi. Bunday tebrannshlarga radioaloqada antenna orqali qabul qilinadigan signallar misol bo’ladi. Ularni kuchaytirish yuqori chastotali ku­cha ntirgichlar yordamida amalga oshiriladi.
    Qabul qiluvchn antennada faqat yagona radiostansiyaning signali emas, balki juda ko’p radiostansiyalarnnng signallari qabul qilinadi. Shuning uchun qabul qiluvchi qurilmaning kuchaytnrgnchi turli radiostanpiyalardan keladigan tebranishlardan kerakli chastotalisini tanlab kuchaytirish xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Shunga ko’ra yuqori chastotali kuchaytirgich­lar chastota tanlovchi kuchaytirgichlar deb ataladi.
    Chastota tanlovchi kuchaytirgichlarda kuchaytirish ko­effitsienti ω12 chastota oralig’ida o’zgarmas (yoki deyarli o’zgarmas) bo’lishi va bu chastota sohasining kattaligi ∆ω o’rtacha chastota dan yetarlicha ki­chik bo’lishi kerak. Bu shartning bajarilishi uchun ku­chaytirgich yuklama zanjirining kirish qarshiligi ω12 chastota sohasida yetarlicha katta va doimiy bo’lishi, undan tashqarida esa, juda kichik qiymatgacha kamayishi kerak. Bunday talabga yuqori asllikka ega bo’lgan parallel tebranish konturi javob beradi.
    Yuklamasi yakka tebranish konturidan iborat bo’lgan kuchaytirgich rezonans kuchaytirgich deb, yuklamasi bog’langan tebranish konturidan iborat bo’lgan kuchaytirgich esa, o’zgarmas sohalik kuchaytirgich deb ataladi.
    Yuqori chastotaviy kuchaytirgichlarning xususiyatlari boshqaruvchi elementning kirish va chiqish qarshiligiga juda bog’liq bo’ladi. Masalan, unipolyar tranzistorlarning kirish va chiqish qarshiliklari nisbatan kat­ta qiymatga ega bo’lgani uchun ularda tuzilgan kuchay­tirgichlarning yuklama konturi ozroq shuntlanadi va tanlash xususiyatini ham o’zgartiradi. Lekin bipolyar tranzistor boshqaruvchi element bo’lib xizmat qilsa, uning kirish va chiqish qarshiliklari kichik bo’lgani uchun yuklama konturi kuchli shuntlanadi. Natijada kuchaytirgichning tanlash qobiliyati juda susayib ketadi. Hatto kontur to’liq ulangan bo’lsa, uning chastota tanlash xususiyati butunlay yo’qolishi ham mumkin. Shu­ning uchun yuqori chastotaviy kuchaytirgichlarda yuklama konturining o’z konturi va keyingi kaskadning tranzistori bilan bog’lanishi susaytiriladi. Uni tebranish konturini yuklama zanjiriga qisman ulash yo’li bilan amalga oshiriladi. Shunda boshqaruvchi elementning kirish va chiqish zanjirlari orasida hosil bo’ladigan ichki teskari bog’lanishi ham susayadi.
    Konturlarning qisman ulanish darajasi transfor­matsiya koeffitsienti deb ataladigan kattaliklar orqali ifodalanadi:
    va (11.20)
    Amalda tebranish konturini yuklama zanjiriga qisman ulashning qo’sh avtotransformator turi keng tarqalgan. U boshqaruvchi element kirish va chiqish qarshiliklarining shuntlash ta’sirini kamaytiribgina qolmay, eng katta kuchaytirishga erishishda bu qarshiliklarni bir-biriga sozlash imkonini ham beradi.
    11.19-rasmda bipolyar tranzistorli rezonans kuchay­tirgichning prinsipial sxemasi ko’rsatilgan.


    Download 4,71 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat transport universiteti

    Download 4,71 Mb.