• § 12.2 Quvvat kuchaytirgichlari
  • - rasm. Chastotaviy xarakte­ristikaning R parametrga bog’liqligi




    Download 4,71 Mb.
    bet76/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    12.3- rasm. Chastotaviy xarakte­ristikaning R parametrga bog’liqligi


    Shunday qilib korreksiya zanjiriga ega bo’lmagan kuchay­tirgich xarakteristikasining notekislik koeffitsientining qiymati Ωv=1 chastotaga to’g’ri kelsa, korrek­siya zanjiri mavjud bo’lganda u Ωv = 1,7 chastotaga to’g’ri keladi. Demak, teng sharoitda korreksiyalangan kuchaytirgich­ning o’tkazish sohasi (R=Rkrda) korreksiyalanmagan kuchaytirgichnikidan 1,7 marta kengroq bo’ladi.
    Shuni aytish kerakki, korreksiya parametri mohiyati jihatdan ekvivalent konturning aslligini ifodalaydi (P=Q32) va parametrning kritik qiymatida Qe = 0,64 ga teng bo’ladi. Agar tebranish konturlarida Q = 0,5 bo’lganda davriy tebranihlar hosil bo’lishi mumkinligini eslasak, ekviva­lent yuklama konturining qanchalik yomon tanlash xususiyatiga ega ekani ko’rinadi.


    §12.2 Quvvat kuchaytirgichlari


    Quvvat kuchaytirgichlari qurilmalardagi kuchayti­rish pog’onasining so’nggi bosqichidagi kuchaytirgich hisoblanadi. Shuning uchun ular oxirgi kaskad yoki chiqish kaskadi deb ataladi. Quvvat kuchaytirgichlarining asosiy vazifasi qurilmaning iste’molchisini eng katta va kerakli miqdordagi quvvatga ega bo’lgan signal bilan ta’minlashdir.
    Odatda, quvvat kuchaytirgichining kirishiga ta’sir etadigan signal amplitudasi yetarlicha katta bo’ladi va kuchaytiruvchi elementning chiqish xarakteristikasining juda katta sohasini egallaydi. Bu chiziqli bo’lmagan buzilishlarning katta bo’lishiga olib keladi.
    Quvvat kuchaytirgichlari chiziqli va chiziqli bo’lmagan rejimlarda ishlashi mumkin. Chiziqli rejimda chiziqli bo’lmagan buzilishlar deyarli kuzatilmaydi. Lekin bu holda kuchaytirgichning foydali ish koeffit­sienti, ya’ni yuklamada ajraladigan o’zgaruvchan Rn quvvatning manbadan olinadigan Ro quvvatga nisbati, kichik bo’ladi va eng yaxshi holda 50 foizga yetishi mum­kin.
    Chiziqli bo’lmagan rejimda esa, manba kam quvvat sarf qiladi. Shuning hisobiga qurilmaning foydali ish koeffitsienti ortadi. Lekin ishchi soha kuchaytiruv­chi element xarakteristikasining egri chiziqli qismida bo’lgani uchun signalning shakli buzilishga uchraydi va chiziqli bo’lmagan buzilishlar katta bo’ladi. Bu re­jimda kuchaytirgichning foydali ish koeffitsienti 78 foizgacha yetishi mumkin. Shuning uchun quvvat kuchaytirgichlarning aeosiy parametrlari qilib yuklamada ajraladigan quvvat, foydali ish koeffitsienti va chiziqli bo’lmagan buzilishlar koeffitsienti olinadi.
    Zamonaviy kuchaytirgichlarning chiqish quvvati vattning bo’laklaridan tortib, to yuzlab kilovattgacha yetadi. Bunda chiqish quvvatining kattaligiga qarab kuchay­tirish sxemasi, kuchaytiruvchi elementning turi va ish rejimi o’zgarib boradi. Masalan, kam quvvatli kuchaytirgichlarda birtaktli sxemadan foydalanilsa, qolgan hollarda ikki taktli sxema keng qo’llaniladi; bir taktli sxemada kuchaytiruvchi element asosan chiziqli rejimda ishlasa, ikki taktli sxemada u chiziqli bo’lmagan rejimda ishlaydi.
    Kam quvvatli (vattning bo’laklari) kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchi element qilib kam quvvatli tranzistorlar, o’rtacha quvvatli (vattlar va bir necha o’n vatt) sxemada-katta quvvatli tranzistorlar, katta quvvatli (yuz va o’ndan ortiq vatt) qurilmalarda - katta quvvatli generator va modulyator lampalar ishlatiladi.
    Quvvat kuchaytirgichida kuchaytiruvchi element vazifasini bipolyar tranzistor bajarganda, uning uch xil ulanish sxemasidan foydalaniladi. Kuchaytirgich umumiy bazali sxema asosida yig’ilganda chiziqli bo’lmagan buzilishlar, quvvatni kuchaytirish koeffitsienti kichik bo’lib, ishlash stabilligi katta bo’ladi. Umumiy emitterli sxema asos bo’lganda esa, kuchaytirish koef­fitsienti eng katta, chiziqli bo’lmagan buzilishlar ko’p bo’ladi. Kuchaytirgichning umumiy kollektorli sxemasi eng kam qo’llaniladi. Unda quvvat umumiy bazali sxemadagi tartibda kuchaytiriladi. Lekin kirish qarshiligining katta bo’lishi kuchaytirish stabilligi va chiziqli bo’lmagan buzilishlarning kichik bo’lishiga olib keladi.
    Umumiy bazali va umumiy emitterli sxema asosida tuzilgan tranzistorli quvvat kuchaytirgichining asosiy kattaliklari bir xil usulda aniqlanadi. Shuning uchun misol tariqasida umumiy emitterli sxema asosida yig’ilgan kuchaytirgich bilan tanishaylik. Uning trans­formator bog’lanishli sxemasi va ish rejimining chiqish xarakteristikasidagi tasviri 12.4-rasmda ko’rsatilgan.



    Download 4,71 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Chastotaviy xarakte­ristikaning R parametrga bog’liqligi

    Download 4,71 Mb.