|
§12.6. Differensial kuchaytirgich
|
bet | 84/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)§12.6. Differensial kuchaytirgich
Differensial kuchaytirgich (DK) ikki tebranish kuchlanishining ayirmasini kuchaytiruvchi O’TKdir. U ko’priksimon tuzilishga ega bo’lib, ikkita kirish va ikkita chiqish klemmalariga ega. 5.40-rasmda ko’rsatilgan sxemada ko’prik Rk1 = Rk2 rezistorlar va T1 va T2 tranzistorlardan tashkil topgan. Uning bir diagonaliga Yek manba ulansa, ikkinchisiga-Rn yuklama rezistori ulanadi.
12.12- rasm. Differensial kuchaytirgich
Agar sxemadagi mos elementlar o’zaro teng bo’lsa, tizim simmetrii bo’lib, ko’prik muvozanatda bo’ladi. Agar kirish signali ta’sir etmasa, Ek manba ta’sirida Rk1 va Rk2 rezistorlardan bir xil tok o’tadi (Ik1 = Ik2) va T1 va T2 tranzistorlarning kollektor kuchlanishlari o’zaro teng bo’ladi: Uk1 =Uk2. Shuning uchun yuklama rezistori I va II chiqnshlar oralig’iga ulansa, undagi kuchlanish nolga teng bo’ladi (dreyf yo’q). Sxemaning bunday holati sokinlik rejimi deb ataladi.
Agar baza toklari hisobga olinmasa Re rezistordan o’tadigan tok Ik1 + Ik2 ga teng bo’lib, undagi potensial tushuvi Re (Ik1 + Ik2) bazalarda tok bo’yicha manfiy teskari bog’lanish kuchlanishini hosil qiladi. U tranzistorlarning boshlang’ich ishchi nuqtasini stabil ushlab turadi. Masalan, harorat, manba kuchlanishi va boshqalar o’zgarishi sababli Ik va Ik2 tok o’zgarsa, Re rezistordagi potensial tushuvi ham o’zgaradi. Bu o’zgarish har doim bazaga uzatilganda baza kuchlanishi boshlang’ich o’zgarishga teskari yo’nalishdagi tok o’zgarishiga olib keladi. Natijada Ik1 + Ik2 = const bo’lib qoladi.
Kuchaytirgichga signal ta’sir etishini 2 ta xususiy holga ajratish mumkin:
1. ikkala kirishga son jihatdan teng va bir xil fazali - sinfaz signallar ta’siri;
2. Ikkala kirishga son jihatdan teng, lekin qarama-qarshi fazali - ayirma yoki differensial signallar ta’siri.
Birinchi holda T1 va T2 tranzistorlarning baza kuchlanishlari bir xil miqdorga o’zgaradi: ΔUb1= ΔUb2 =Ukirl-Ukir2. Kollektor toklarinrng o’zgarishlari ham o’zaro teng bo’ladi. Shuning uchun kollektor kuchlanishlari ham bir xil o’zgarishga uchraydi va I va II chiqishlar orasidagi natijaviy kuchlanish nolga teng (sokinlik rejimiga o’xshash). Demak, DK ideal bo’lsa, undan bir xil fazali - sinfaz signallar o’tmaydi.
Ikkinchi holda kirishlarga ta’sir etuvchi signallar qarama-qarshi fazada bo’lgani uchun ΔIk kollektor tokining o’zgarishlari miqdor jihatdan teng bo’lib, o’zaro teskari fazada o’zgaradi, ya’ni bazasiga musbat kuchlanish qo’yilgan tranzistordagi tok kamaysa, manfiy kuchlanish qo’yilgani-ortadi. Shunga ko’ra kollektor kuchlanishlaridan biri ortsa, ikkinchisi kamayadi va ularning miqdori o’zaro teng bo’ladi. Shuning uchun chiqish kuchlanishi ularning ayirmasiga teng bo’lib noldan farq qiladi: Uchiq= Uchiq1 - Uchiq2. Demak, DK qarama-qarshi fazadagi kirish signallarini kuchaytirar ekan. Bunda har bir kaskad mustaqil kuchaytirgich bo’lib xizmat qiladi. Kirish signali kuchaytirgich kirishlaridan faqat bittasiga ta’sir etgan holni ko’raylik. Misol uchun Ukir1>0, Ukir2=0 bo’lsin. Bunda boshlang’ich paytda I tok ΔIk1 ga ko’payib, Ik1= const bo’ladi. Shuning uchun (Ik1 + +ΔIk1)+Ik1 yig’indi tok ortadi va teskari bog’lanish ishga tushadi. Natijada T1 tranzistordagi tok bo’lsa, T2 tranzistordagi tok - bo’lib, birinchi chikish kuchlanishi kamayadi; ikkinchi chiqishdagi kuchlanish ortadi. Natijaviy chiqish kuchlanishining o’zgarishi oldingi holdagidan ikki marta kichik bo’ladi.
Ko’pincha kirish signali DKning har ikki kirishiga bir vaqtda berilsa ham, chiqish signali chiqishlarning faqat bittasidan olinadi. Misol uchun chiqish kuchlanishi ikkinchi chiqishdan olinsin. Unda yuqoridagi mulohazalarga asosan, birinchi kirishga ta’sir etadigan signal bilan chiqish kuchlanishi bir xil fazada, ikkinchi kirishga berilgan signal bilan esa, qarama-qarshi fazada o’zgarishini aniqlash mumkin. Shunga ko’ra birinchi kirish to’g’ri (faza o’zgartmaydigan - invers emas) kirish deb, ikkinchisi esa, faza o’zgartuvchi (invers) kirish deb ataladi.
DKning kuchaytirish koeffitsienti har bir xususiy hol uchun alohida-alohida aniqlanadi. Masalan, differensial (ayirma) signalga nisbatan u
(12.20)
ko’rinishda aniqlansa, har bir chiqishga nisbatan
va (12.20b)
bo’ladi. Sinfaz signalga nisbatan kuchaytirish koeffitsienti quyidagicha ifodalanadi:
(12.21)
Real kuchaytirgich ideal simmetriyaga ega bo’lmagani uchun uning natijaviy chiqish kuchlanishi:
DKning sifati sinfaz signalni so’ndirish koeffitsienti degan kattalik orqali xarakterlanadi. U differensial signalni kuchaytirish koeffitsientini sinfaz signalni kuchaytirish koeffitsientiga nisbatiga teng:
(12.22)
Kuchaytirgich faqat differensial signalni qayd qilishi uchun Ks<r bo’lishi kerak. Shunga asosan yaxshi DK larda Kss =104-106 tartibida bo’ladi.
12.13-rasmda differensial kuchaytirgichning amplitudaviy va chastotaviy xarakteristikalari ko’rsatilgan.
|
| |