- rasm. Teskari bog’lanishli kuchaytirgichning blok-sxemasi




Download 4,71 Mb.
bet80/125
Sana16.11.2023
Hajmi4,71 Mb.
#99646
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
Bog'liq
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

12.6- rasm. Teskari bog’lanishli kuchaytirgichning blok-sxemasi:
a-kuchlanish bo’yicha ketma-ket teskari bog’lanish; b - kuchlanish bo’yicha parallel teskari bog’lanish; v - tok bo’yicha ket­ma-ket teskari bog’lanish; g - tok bo’yicha parallel teskari boglanish


Teskari bog’lanishning barcha turi kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlariga ta’sir etadi va ularni o’zgartadi. Ichki va zararli teskari bog’lanishdan farqli, tashqi teskari boglanish boshqarilish xu- susiyatiga ega. Shuning uchun kuchaytirgichga turli maqsadlar, masalan, kuchaytirish stabilliginn oshirish, buzilishlarni kamaytirish, o’tkazish sohasini kengaytirish, kirish va chiqish qarshiligini o’zgartish va boshqalar uchun kiritiladi.
Teskari bog’lanishli kuchaytirgichning asosiy ifodalarini aniqlaylik. Buning uchun kuchlanish bo’yicha ketma-ket teskari bog’lanish sxemasidan (12.6a- rasm) foydalanmiz. Unda
-teskari bog’lanishsiz kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti;
-teskari boglanish zanjirining uzatish koeffitsienti.
Qulaylik uchun kuchaytirgichni kirish qarshiligi cheksiz katta bo’lgan chiziqli tizim deb hisoblaymiz. U holda tizimning kirish toki nolga teng bo’ladi. Signal manbai sof sinusoidal tebranishlar bersin, ya’ni kuchaytirgich kirishiga chastotasi va amplitudasi o’zgarmas bo’lgan kuchlanish qo’yilgan. Ana shu shartlar o’rinli bo’lsa, kuchaytirgich va teskari bog’lanish zanjirining chiqishidagi va kuchlanishlar ham sof garmonik qonun bo’yicha o’zgaruvchi kattaliklar bo’ladi. Sxemada reaktiv elementlar mavjud bo’lgani uchun bu kuch­lanishlar signal kuchlanish bilan faza farqiga ega.
Ta’rifga binoan ko’rilayotgan tizimning kuchay­tirish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
(12.9)
Agar = - ekanini hisobga olsak va (12.9) ifodani va koeffitsientlar orqali ifodalasak, u quyidagi ko’rinishga keladi:
(12.10)
Bunda I - teskari bog’lanish chuqurligi, ko’paytma esa, teskari bog’lanish parametri deb ataladi. U teskari bog’lanishning tabiati va son miqdorini ifodalovchi kattalikdir.
Demak, teskari bog’lanish zanjiri kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsientini I- marta o’zgartirar ekan.
Umumiy holda va koeffitsientlar kompleks kattaliklar bo’ladi:
=K · yejφk va =β yejφβ
Agar ularni (12.10) ifodaga qo’ysak, tizimning kuchaytirish koeffitsienti
(12.11)
ko’rinishga keladi. Unda:
φk-signal spektri kuchaytirgichdan o’tgandagi faza
siljishi;
φβ-signal spektri teskari bog’lanish zanjiridan
o’tgandagi faza siljishi;
φ = φk+ φβ - natijaviy faza siljishi.
(12.11) ifodaning moduli
(12.12)
teskari bog’lanishli kuchaytirgichning chastotaviy xarakteristikasining tenglamasi bo’ladi. Uning kattaligi φ faza sil­jishi bilan baholanadi.
Xususiy holda, agar kuchaytirgich­ning kirishiga teskari bog’lanish zanjiri orqali uzatilayotgan Ut kuchlanishning fazasi tashqi signalning Uc kuchlanish fazasi bilan mos bo’lsa, ya’ni f=fk+fr=0 bo’lsa.
(12.13)
bo’ladi va teskari bog’lanish Kr parametrning barcha qiymatlarida musbat teskari bog’lanish deb ataladi. Aksincha, ular qarama-qarshi fazada o’zgarsa, ya’ni φ = φk + φβ,= π bo’lsa,
(12.14)
bo’lib, Kβ parametrning barcha qiymatlarida teskari bog’lanish manfiy teskari bog’lanish deb ataladi.
Demak, kuchaytirgichning statsionar rejimida ikki xil- musbat va manfiy teskari bog’lanish bo’lar ekan. Musbat tes­kari bog’lanish kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsientini orttirsa (Kt(+)>K) manfiy teskari bog’lanish uni kamaytiradi (Kt(-)Teskari bog’lanishli kuchaytirgichning chastota­viy xarakteristnkasi 12.7-rasmda ko’rsatilgan.
Undan musbat teskari bog’lanish kuchaytirgich­ning chastotaviy xarakteristikasini yomonlashtirishnni, manfiy teskari bog’lanish esa, uni yaxshilashini ko’rish mumkin. Manfiy teskari bog’lanish kiritilishi bilan kuchaytirgichdagi chiziqli va chiziqli bo’lmagan buzilishlar I + Kβ marta kamaytirilishi, kuchaytirgichning o’tkazish sohasi I + Kβ marta kengaytirilishi, ish stabilligining ortishi aniqlangan. Kuchaytirgichga mus­bat teskari bog’lanish kiritilganda esa, buning aksi kuzatiladi.


Download 4,71 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Download 4,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Teskari bog’lanishli kuchaytirgichning blok-sxemasi

Download 4,71 Mb.