|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 77/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)12.4-rasm. Tranzistorli quvvat kuchaytirgichining prinsipial sxemasi (a) va ish rejimi (b)
Unda tranzistorning ishchi sohasi kollektor-emitter orasidagi kuchlanishning Ukemax - yo’l qo’yiladigan maksimal qiymati, kollektor tokining Ikmax - yo’l qo’yiladigan maksimal qiymati, kollektor-emitter kuchlanishining Ukemin - minimal qiymati, kollektor tokining Ikmin- minimal qiymati bilan chegaralangan.
Tranzistorning xarakteristikasidan to’liq foydalanilganda kollektor manbaining kuchlanshsi 0,5Ukemax - qiymatga erishishi mumkin, chunki bu kuchlanish bilan transformatorniig birlamchi cho’lg’amidagi kuchlanishning yig’indisi Ukemax qiymatdan katta bo’la olmaydi: Ek +Uk < Ukemax.
Tranzistordan to’liq foydalanilganda kollektor tokining Iko o’zgarmas tashkil etuvchisini kollektor toki maksimal qiymatining yarmiga teng deb qarash mumkin, chunki Iko bilan Ik o’zgaruvchi tashkil etuvchi tok amplitudasiniig yig’indisi Ikmax dan ortiq bo’lishi mumkin emas: Iko+Ik<ktax. Shunga asosan tranzistorning kollektor zanjirida ajraladigan foydali quvvatning eng katta qiymati quyidagicha:
(12.4a)
Bunda - kollektor kuchlanihidan foydalanish koeffitsienti,
impulslanuvchi tok shakli deb ataladi.
Shunga asosan kuchaytirgichning foydalanish koeffitsienti
(12.4b)
bo’ladi.
Odatda χ va ξ=0,9÷0,95 tartibida bo’lgani uchun kuchaytirgichning foydali ish koeffitsienti 45 foizgacha yetadi.
Quvvat kuchaytirgichining foydali ish koeffitsientini oshirish uchun kuchaytiruvchi elementning chiziqli bo’lmagan ish rejimiga o’tiladi. Bunda kuchaytiruvchi elementning chiqishidagi tok shaklining buzilnshi (χ) keskin ortib, manba quvvatidan foydalanish keskin kamayadi. Buning uchun boshlang’ich ishchi nuqta kuchaytiruvchi element volt-amper xarakteristikasining pastki egri chiziqli qismiga joylashtirilib, kirish signalining amplitudasi yetarlicha katta qilib olinadi.
Kuchaytirgichning chiziqli bo’lmagan rejimidan foy- dalanishda ikki taktli sxema katta ahamiyatga ega. U rezistorlarda tuzilgan yoki transformator bog’lanishli kuchaytirgich sxemasi asosida yasaladi. 12.5-rasmda transformator bog’lanishli ikki taktli quvvat kuchay tirgichining sxemasi tasvirlangan.
|
| |