|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 78/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)12.5-rasm. Transformator bog’lanishli ikki taktli quvvat kuchaytirgichining prinsipial sxemasi (a) va undagi tranzistorning ish rejimi (b)
Unda ikkala kuchaytirish yelkalarining simmetriklik sharti bajarilishi kerak. Ideal holda kirish signali ta’sir etmaganda tranzistorlarning kollektor toklari teng va qarama-qarshi yo’nalishda bo’ladi va transformatorning magnitlanishi kuchaytirgichning ish rejimiga bogliq bo’lmaydi, ya’ni Tr. 2 transformatorning doimiy maydoni nolga teng bo’ladi.
Agar Tr.1 transformatordan signal berilsa, T1 tranzistorning bazasidagi kuchlanish ortayotganda T2 tranzistorning baza kuchlanishi kamayadi, ya’ni tranzistorlarning baza kuchlanishlarining o’zgarishi bir-biriga qarama-qarshi bo’lib, mos o’zgarishlar yarim davrga surilgandir. Shuning uchun tranzistorlardagi kollektor toklarining o’zgaruvchan tashkil etuvchilari ham yarim davrga surilgan bo’ladi:
Ik1 = Ik.o’rt + Im1 ·cosωt + Im2 cos2ωt + Im3 cos3ωt + . . .
Ik2=Ik.o’rt+Im1 ·cos (ωt+P)+ Im2 cos (2ωt+P)+Im3 cos (3ωt + + P) + . . .=Ik.o’rt -Im1cosωt + + Im2 cos2ωt - Im3 cos3ωt +...
(12.5)
Yuklama rezistoridan o’tadigan tokning kattaligi Ik1 va Ik2 toklarning algebraik yig’indisiga mutanosib bo’ladi:
In=b(Ik1- Ik2)= b(2Im1 cosωt + 2Im3cos 3ωt + ... (12.6)
Bunda b - mutanosiblik koeffitsienti.
(12.6) ifoda Tp.2 transformatorda kollektor tokining o’zgarmas tashkil etuvchisi hosil bo’lmasligini ko’rsatadi. Shuning uchun transformatorda o’zakning magnitlanishida hosil bo’ladigan energiya sochilishi bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan, yuklama rezistoridan o’tadigan tokning o’zgaruvchan tashkil etuvchilarining juft darajali hadlari yo’q. Bu chiziqli bo’lmagan buzilishlarning kam ekanini ko’rsatadi. Bular kuchaytirgichning foydali ish koeffitsienti katta bo’lishini ta’minlaydi.
Agar tranzistorning xarakteristikasi ideal to’g’ri chiziqlardan iborat bo’lsa, har bir kuchaytirish yelkasidagi tok sof sinusoida chizig’ining yarim davrlari orqali ifodalanadi. Uning o’rtacha qiymati quyidagicha bo’ladi:
(12.7a)
Kollektor tokining birinchi garmonik tashkil etuvchisining amplitudasi
(12.7b)
bo’lgani uchun Tr.2 transformatorning magnitlash toki undan ikki marta katta bo’ladi: Ikm = 2Im1 - Shuning uchun sxemaning har bir tranzistorining kollektor zanjirida ajraluvchi o’zgaruvchan quvvat quyidagicha aniqlanadi:
(12.8)
Natijaviy quvvat esa, undan deyarli ikki marta katta bo’ladi.
Ikki taktli kuchaytirgichning foydali ish koeffitsientining mumkin bo’lgan eng katta qiymatini aniqlaylik. Buning uchun kollektor kuchlanishidan foydalanish 100 foiz deb hisoblaymiz: ξ=1. Bunda tranzistorlar manbadan nste’mol qiladigan tok (12.7a) o’rtacha tokdan ikki baravar katta bo’ladi: Io’rt=2Iko’rt.. Shunga ko’ra kollektor tokidan foydalanish koeffitsienta, ya’ni pulslangan tokning shakli
bo’ladi. Ularni (12.7b) ifodaga qo’ysak, foydali ish koeffitsientining eng katta qiymati olinadi:
Demak, ikki taktli quvvat kuchaytirgichining foydali ish koefitsienti 78,5 foizgacha yetar ekan. Amalda kollektor manbaining kuchlanishidan to’liq foydalanish mumkin bo’lmagani uchun η = 0,6-0,7 bo’ladi. Bu bir taktli kuchaytirgichning foydali ish koeffitsientidan yetarlicha kattadir.
Ikki taktli sxemada kollektor manbai quvvatining issiqlik sochilishi kichik bo’ladi. Uning eng katta qiymati kollektor zanjirida eng katta quvvat ajralgan holda emas, balki bu quvvatning 40 foizini tash- kil etadigan quvvat ajralgan holda kuzatiladi.
Ikki taktli sxemaning afzalliklarndan yana biri shuki, sxema yelkalarining simmetrikligi va kollektor toki impulslarning simmetrikligi to’lnq bo’lsa, zanjirning chikishida tokning juft darajali tashkil etuvchilaridan tashqari yana uchinchi darajali tashkil etuchilari ham kuzatilmaydi.
Ikki taktli sxemasining asosiy kamchiligi kuchaytirish yelkalari uchun bir xil parametrli tranzistorlarni tanlash va simmetriklikni amalga oshirishning qiyinligidir.
|
| |