§12.3 Kuchaytirgichlarda teskari




Download 4,71 Mb.
bet79/125
Sana16.11.2023
Hajmi4,71 Mb.
#99646
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125
Bog'liq
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

§12.3 Kuchaytirgichlarda teskari bog’lanish


Biz yuqorida ko’rgan kuchaytirgichlarda kirish sig- nali mustaqil kattalik deb qaraldi. Haqiqatda esa, kuchaytirgich chiqishidagi signalning bir qismi uning chirishiga qayta uzatiladi va kirish signalini o’zgar- tadi.
Kuchayib chiqqan signal energiyasining biror qismini uning kirishiga qayta uzatilish jarayoni kuchaytir­gichlarda teskari bog’lanish deb ataladi. Energiya uzatishni ta’minlovchi zanjir esa, teskari bog’lanish zanjiri deyiladi.
Teskari bog’lanish zanjiri kuchaytirgich bilan birga teskari bog’lanish halqasi deb ataladigan berk kon- turni tashkil etadi. Agar kuchaytirgichda teskari bog’- lanish zanjiri bitta bo’lsa, bir halqali teskari bog’lanish deb, agar ko’p bo’lsa, ko’p halqali teskari bog’lanish deb ataladi.
Teskari bog’lanish uch turga - ichki, tashqi va zarar- li (parazit) teskari boglannshga bo’linadi. Ichki tes­kari bog’lanish barcha kuchaytiruvchi elementlarda mavjud bo’ladi va ularning fizik xossalari bilan ifodalanadi. Tashqi teskari bog’lanish maxsus elektr zanjirlari yordamida kuchaytirgichning tarkibiga kiritiladi. Zararli teskari bog’lanish kuchaytirgichning kirish va chiqish zanjirlari orasida mavjud bo’ladigan zararli sig’im, induktivlik va boshqa bog’lanishlar hisobiga hosil bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, zararli teskari bog’lanish ham ichki teskari bog’lanish kabi barcha kuchaytirgichlarda mavjud bo’lib, kuchaytirgichning xususiyatlarini kutilmagan holda o’zgartib turadi. Kuchaytirgichni hnsoblashda hosil bo’lishi mumkin bo’lgan barcha shunday za­rarli ta’sirlarni oldindan hisobga olish juda qiyin.
Teskari bog’lanish jarayonining mohiyatini va xusu­siyatlarini aniqlash uchun tashqi teskari bog’lanish bi­lan tanishaylik.
Teskari bog’lanish zanjirining kuchaytirgich chiqish zanjiriga ulanish usuliga qarab teskari bog’lanish tok yoki kuchlanish bo’yicha bo’ladi. Agar teskari bog’lanish kuchlanishi kuchaytirgichning chnqish kuchlanishiga (yuklamadagi kuchlanish tushuviga) mutanosib bo’lsa, bunday teskari bog’lanish kuchlanish bo’yicha teskari bog’lanish deb, agar u yuklamadan o’tuvchi tokka, ya’ni chiqish tokiga mutanosib bo’lsa, tok bo’yicha teskari bog’lanish deb yuritiladi.
Agar teskari boglanish kuchlanishi bir vaqtda ikki tashkil etuvchiga - chiqish kuchlanishi va yuklamadagi tokka mutanosib bo’lsa, bunday teskari boglanish aralash yoki ko’priksimon teskari bog’lanish deb ataladi. Bundan tashqari, teskari boglanish ketma-ket va pa­rallel bo’lishi mumkin. Ketma-ket teskari bog’lanishda teskari bog’lanish zanjiri kuchaytirgichning kirish zanjiri bilan ketma-ket ulangan bo’lsa, parallel teskari bog’lanishda u parallel ulanadi. Shunga ko’ra teskari bog’lanishli kuchaytirgichning sxemasi to’rt xil sodda turga ajratilishi mumkin:
1. Kuchlanish bo’yicha ketma-ket teskari bog’lanishli kuchaytirgich.
2.Tok bo’yicha ketma-ket teskari bog’lanishli kuchay­tirgich.
3. Kuchlanish bo’yicha parallel teskari bog’lanishli kuchaytirgich.
4. Tok bo’yicha parallel teskari bog’laiishli kuchay­tirgich.
Ularning tarkibiy sxemalari 12.6- rasmda tasvirlab berilgan.


Download 4,71 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125




Download 4,71 Mb.