Toshkent davlat transport universiteti




Download 4,71 Mb.
bet82/125
Sana16.11.2023
Hajmi4,71 Mb.
#99646
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
Bog'liq
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

12.10-rasm. Emitter qaytargichning soddalashtirilgan ekvivalent sxemasi

Undagi qarshilik son jihatdan ekvivalent generatorning ichki qarshiligi bo’lib, emitter qaiytargichining chikish qarshiligini ifodalaydi:


(12.17)
Demak, emitter qaytargichining chiqish qarshiligi kichik miqdor ekan (masalan, R11=600 Om va γ=40 bo’lsa, Rchiq = 15 Om bo’ladi). Shunga ko’ra kuchaytirgichning yuklamasi bo’lgan Re rezistorning qarshiligi ham kichik miqdor bo’lishi kerak, chunki energetik jihatdan yuklama bilan ichki qarshilik bir xil tartibda tanlanishi lozim.
Shuni aytish kerakki, emitter qaytargichining chiqish qarshiligi signal generatorining Rr ichki qarshiligiga bog’liq bo’ladi. Rr ortishi bilan u ham ortib boradi. Agar Rr=∞ bo’lsa, chiqish qarshiligi o’zining eng katta qiymatiga erishadi:
(12.18)
Emitter qaytargichining kirish qarshiligi R1 va R2 rezistorlardan tuzilgan kuchlanish bo’lgichning ta’- sirini hisobga olinmasa,
(12.18a)
formula orqali ifodalanadi. Bunda

ekanini hisobga olsak, u quyidagicha ifodalanadi:
(12.18b)
Demak, emitter qaytargichining kirish qarshiligi yetarlicha katta miqdor ekan. Lekin uning kattaligi bazaga ulangan R1 va R2 rezistordan tuzilgan kuchlanish bo’lgichiga juda bog’liq bo’ladi. Emitter qaytargichining yaxshi ishlashi uchun R1‌‌‌||R2e tengsizlik bajarilishi kerak bo’lsa, kirish qarshiligi o’zgarishgiz qolishi uchun R11||R2>Rkir γ(Re|| Rn) bo’lishi kerak. Bu ikki tengsizlik bir vaqtda bajarilishi uchun Re>γRn bo’lishi, ya’ni yuklama qarshiligi yetarlicha kichik bo’lishi lozim, chunki tranzistorning ish rejimi buzilmasligi uchun juda katta miqdorli Rn rezistor olib bo’lmaydi.
Umumiy emitterli sxema asosida yig’ilgan kuchaytirgich­dagi kabi emitter qaytargichining chastotaviy xarakteristi­kasi quyi chastotalarda o’tish zanjirining vaqt doimiysi C1 Rkir va C2Rn ga bog’liq bo’lsa, yuqori chastotalar sohasida yuklama zanjirining vaqt doimiysi τveq=C0Rekv bilan xa- rakterlanadi. Lekin emitter qaytargnchining yuklama zanji­rining vaqt doimiysi τveq juda kichik bo’ladi. Sababi ekvi­valent chiqish qarshiligi juda kichik miqdordir.
Shunga ko’ra
(12.19)
deb yozish mumkin. Bu zararli sig’imlari bir xil bo’lgan emitter qaytargichi bilan umumiy emitterli kuchay­tirgichning chastotaviy xarakteristikalari solishtirilganda ularning yuqori chastota sohasidagi pasayishi emitter qaytargichida juda katta chastotalarga to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Shuning uchun emitter qaytargichning o’tkazish sohasi keng bo’lishi talab qilinmasa, uning chiqishiga sig’imi C0 dan yetarlicha katta bo’lgan Cn kondensatorni ulash mumkin (12.11-rasm). Bundan tashqari, emitter qaytargichining ekvivalent kirish sig’imi ham yetarlicha kichik bo’ladi.
Shunday qilib, emitter qaytargichn kirish qarshn- ligi katta, chiqish qarshiligi esa, knchik bo’lgan keng o’tkazish sohasiga ega bo’lgan kuchaytirgichdir. U kuchla- nishni kuchaytirmasa ham (K<1), tok kuchi (γ>1) va quvvatni yaxshi kuchaytiradi.
Emitter qaytargichpning kirish Qarshiligi katta va ekvivalent kirish sig’imi kichik bo’lgani uchun garmo­nik yoki impuls signallarini kuchaytirishda kirish kaskadi vazifasida, chiqish qarshiligi kichik va katta sig’im ulanishi mumkin bo’lgani uchun tashqi yuklamasi kichik yoki katta sig’imli qurilmalarda chiqish kaskadi vazifasida ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, emitter qaytargichi qurilmalarning kirish va chiqish qarshiliklarini sozlovchi qarshiliklar transformatori vazifasini bajaradi.



Download 4,71 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Download 4,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat transport universiteti

Download 4,71 Mb.