• 12.11- rasm. O’zgarmas tok kuchaytirgichi
  • Toshkent davlat transport universiteti




    Download 4,71 Mb.
    bet83/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    §12.5. O’zgarmas tok kuchaytirgichi


    Ko’pincha avtomatik nazorat va boshqarish, radio- o’lchash tizimlari kabi radioelektron qurilmalarda tok kuchi va kuchlanishning o’ta sust (Gersning bo’laklariga teng chastotali) o’zgarishlarini kuchaytirish talab qilinadi. Bunday tebranishlarni kuchaytirish uchun qo’llaniladigan kuchaytirgichning o’tkazish sohasi noldan (ωn= 0) boshlanishi kerak. Shunga ko’ra o’tkazish sohasi ωn=0 dan biror ωv qiymatgacha yetadigan past chastotali kuchaytirgich - o’zgarmas tok kuchaytirgich (O’TK) deb ataladi.
    O’TKning xarakterli belgisi shuki, ularda tashqi yuklama zanjiriga (keyingi kaskadga) kuchaytirilgan tebranishning ham o’zgarmas, ham o’zgaruvchan tashkil etuvchisi uzatiladi. Shuning uchun bog’lovchi zanjirning o’tkazish sohasi quyi chastota tomonidan chegaralanmagan bo’lishi kerak. Bu degan so’z, yuqorida ko’rilgan kuchaytirgichlaridagi kabi kaskadlar orasida ajratuvchi kondensator yoki transformator- lardan foy­dalanish mumkin emas. O’TK galvanik bog’lanishda uning kaskadlari o’zaro ulanadi. Uning eng sodda usuli bir kaskadning chiqishini keyingi kaskadning kirishiga bevosita tutashtirishdir. Lekin bunday ulanish har bir kaskadning o’zgarmas tok bo’yicha ish rejimini o’zgartib yuboradi. Shuning uchun ularni moslash chorasi ko’rilishi shart. Ulardan biri sxemaga tok bo’yncha manfiy teskari bog’lanish kiritishdir. 12.11-rasmda ikki kaskadli O’TQning sodda sxemasi ko’satilgan.

    12.11- rasm. O’zgarmas tok kuchaytirgichi


    Unda T1 tranzistorning kollektori T2 tranzistorning bazasi bilan bevosita tutashtirilgan. Shuning uchun ularning potensiallari o’zaro teng bo’ladi. Bazalarga beriladigan siljitish kuchla­nishi esa, son jihatdan kollektor kuchlanishi bilan keyingi kaskadning emitter kuchlanishi ayirmasiga teng. Masalan, T2 tranzistor uchun Ue2 = Uk1 - Ue3 Unda Ue3=Ie2·Re2 va hokazo. Shuning uchun baza kuchlanishining kerakli qiymatini Re rezistor qarshiligini o’zgartib tanlash mumkin. Lekin bazadagi siljitish kuchlanishining qiymati katta emas (voltning bo’laklari), ya’ni Uk >> Ub. Shu­ning uchun tarmoqlardagi tok Ie1 = Ie2 bo’lishi uchun Re ni orttirish, Rk ni kichraytirish kerak. Ikkala holda ham ku­chaytirish koeffitsienti kichrayadi. Chunki Rk ning kichrayishi kuchaytirish koeffitsientini bevosita kichraytirsa, Re ning ortishi tok bo’yicha manfiy teskari bog’lanish chuqurligini orttiradi. Demak, umumiy kuchaytirishni orttirish uchun kaskadlar sonini ko’paytirish maqsadga muvofiq emas.
    O’TQning asosiy kamchiligi ishining nostabilligidir. Manba kuchlanishining o’zgarishi, sxema elementlarining o’zgarishi va boshqalar kuchaytirgichning ichki zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishni o’zgartiradi. Bu o’zgarish kuchaytirish pog’onalarida kuchaytirilib, ki­rish signali ta’sir etmaganda ham kuchaytirgichning chiqishida biror o’rtacha miqdor atrofida o’zgarib turadigan kuchlanishni hosil qiladi. Past chastotali ku­chaytirgichlarda bu kuchlanish kuchaytirish stabilligiga ta’sir etmaydi. Ammo O’TKlarida ularning ta’siri kuchli bo’ladi. Kuchaytiriladigan signalning kattaligi va tabiati shu o’zgarishlarga o’xshash bo’lgani uchun foy­dali signalni ulardan farqlash qiyin bo’lib qoladi. Signal kuchlanishiga bog’liq bo’lmagan holda chiqish kuchlanishining vaqt bo’yicha o’z-o’zidan o’zgarishi kuchay­tirgich nolining og’ishi - dreyfi deb ataladi.
    Nolning dreyfi vaqt birligi ichida ichki o’zgarishlar hisobiga kuchaytirgichning chiqishida hosil bo’ladigan kuchlanishni hosil qilaoladigan kirish kuchlani­shiga son jihatdan teng kuchlanishdir. (Uning kattali­gi soatiga bir necha millivoltgacha yetishi mumkin). Uni keltirilgan dreyf deb ataladi.
    Keltirilgan dreyf kuchaytirgichning sezgirligini ifodalaydi. Uni aniqlash uchun dreyf kuchlanishi Udchiq ni (kuchaytirgichning kirish klemmalari qisqa tutashtirilgan holda olingan) kuchaytirish koeffitsientiga bo’lish kerak.
    Dreyfni kamaytirish uchun kuchaytirgich sxemasida turg’un ishlaydigan elementlardan foydalaniladi; ta’minlash manbalari turli stabilizatorlar yordamida stabillanadi va h. k.
    Ko’rib chiqilgan UTK bevosita kuchaytirishli kuchay. tirgich deb ataladi. Uning kamchiliklarini kamaytirish uchun ko’priksimon-balans sxemaga o’tiladi. Ularga differensial va operatsion kuchaytirgichlar misol bo’ladi.

    Download 4,71 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat transport universiteti

    Download 4,71 Mb.