|
-rasm. Differensial kuchaytirgichning amplitudaviy (a) va chastotaviy (b) xarakteristikasi
|
bet | 85/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)12.13-rasm. Differensial kuchaytirgichning amplitudaviy (a) va chastotaviy (b) xarakteristikasi
Undan sinfaz signal yuqori chastotasining chegaraviy qiymati differensial signalnikiga qaraganda kichik bo’lishi ko’rinadi. U sinfaz signal uchun τvs = S0Rekv ning differensial signalga nisbatan yetarlicha katta bo’lishi (τvs>τvr) bilan tushuntiriladi. Shunday qilib DKning sifatli ishlashi uchun uning yelkalari simmetrikligini ta’minlash kerak. Buning uchun integral mikrosxemalar qo’llaniladi. 12.8-rasmda bunga misol ko’rsatilgan.
12.14- rasm. KI8UDI mikrosxema (a) va o’rta tuzilgan differensial kuchaytirgich (b)
Unda T1 va T2 tranzistorlar DKning negizini tashkil qiladi. T3 tranzistorda yig’ilgan zanjir yuqorida ko’rilgan sxemalardagi Re rezistor vazifasini bajaradi. T4 tranzistor diod ulanishiga ega bo’lib, T3 tranzistorning termostabillash zanjiri vazifasini bajaradi.
§12.7. Operatsion kuchaytirgich
Operatsion kuchaytirgich - OK juda katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo’lgan (104-106) differensial kirish va bitta chiqishli O’TKdir. Uning ishlash uslubi DKnikiga o’xshash bo’lib, asosan, chuqur manfiy teskari bog’lanish zanjiri kiritilgan holda qo’llaniladi. OKlar keng o’tkazish sohasiga (ωv =10÷100 mGs), katta kirish (Rkir≥10kOm) va kichik chiqish (Rchiq<100 0m) qarshiligiga, yuqori darajadagi sinfaz signgllarni so’ndirish koeffitsientiga ega bo’lgan yuqorn sifatli universal kuchaytqrgichdir. (Ular qiyosiy hisoblash qurilmalarida matematik amallarni bajarish uchun yaratilgan va operatsion kuchaytirgich deb atalgan).
12.15-rasmda operatsion kuchaytirgichning shartli belgisi va sxemaga ulanish usuli ko’rsatilgan.
100>
|
| |