• 12.25-rasm. Kuchaytirgich sxemasi
  • 12.26 rasm. Kuchaytirgich diagrammalari
  • §12.10.O’zgaruvchan signallar kuchaytirgichni tanlash




    Download 4,71 Mb.
    bet90/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    §12.10.O’zgaruvchan signallar kuchaytirgichni tanlash.

    O’zgaruvchan signallarni kuchaytiradigan oddiy kuchaytirgichni chizmasini ko’rib chiqamiz.



    12.24-rasm. Oddiy tranzistorli kuchaytirgich sxemasi
    Bunday chizmalar juda ko’p tarqalgan va “umumiy emitter” chizmasi deb yuritiladi. Kuchaytirgichning kirish va chiqish zanjiri ham “umumiy emitter” usulida ulangandir.

    12.25-rasm. Kuchaytirgich sxemasi

    Kuchaytirgichni rejimini ta’minlash uchun yuklama sifatida Rk uchun kollektorga belgilangan o’zgarmas tok beriladi.


    Agar kuchaytirgichga kirish qismida o’zgaruvchan kuchlanish bersak tranzistor bazasi va kollektorning toki o’zgaradi. Agar kirish kuchlanishi emitter va bazaning potensiallar farqini kamaytirsa tranzistor yopiladi, tok o’tmaydi. Bu kollektor tokini kamaytirishga olib keladi. Tranzistorni shunday bir ish rejimini tanlasak,ki boshlang’ish kuchlanish kollektorning kuchlanishi yarmini bersin.
    Tranzistorli kuchaytirgichlarni har xil ish rejimidagi diagrammasi.

    12.26 rasm. Kuchaytirgich diagrammalari
    Kuchaytirgich zanjirining kirish – S1 va chiqish – S2 qismidagi kondensatorlarning vazifasi (12.27-rasm) aniqlash uchun “mikrofon telefon” zanjirini ko’rib chiqamiz.

    12.27-rasm. “mikrofon telefon” zanjiri sxemasi
    §12.11.Ko’p kaskadli kuchaytirgichlar

    Hozirgi zamon murakkab elektron qurilmalarni tarkibiy qismini ko’p kaskadli kuchaytirgichlar tashkil etadi. Ularni yagona bir zanjirga ulab ishga tushirish juda murakkab jarayondir. Eng mukammal va keng foydalaniladigan universal ko’p kaskadli kuchaytirgichlar ham yaratilgan, ular har xil elektron qurilmalar ichiga o’rnatilgan bo’lib o’zgarmas va o’zgaruvchan signallarni kuchaytiradi. Bunday maxsus texnalogik yo’llar bilan, integral chizmalarda tayyorlanadi. Ko’p kaskadli kuchaytirgichlarni tarkibiy qismini tranzistorlar, diodlar va rezistorlar (ayrim hollarda kondensatorlar) tashkil etadi. Zanjir elementlar platasi chizmasi avtomatik usulda tuziladi. Mikro chizmalarni oddiy usullar bilan tayyorlashni iloji yo’q, ularni o’lchamlari millimetrlarda o’lchanadi. Universal ko’p kaskadli kuchaytirgichlarda operatsion kuchaytirgich faqatgina integral mikrochizmalarda bajariladi va generatsiyalashga keng foydalaniladi. Ko’p kaskadli kuchaytirgichlar uy – ro’zg’or, maishiy – madaniy dam olish elektron qurilmalari bo’lmish radio, televideniya, videomagnitafon va maktab otsillograflariga joylashtirilgandir. Operatsion ko’p kaskadli kuchaytirgichlarni ikkita kirish qisman bo’lib, birinchi kirish joyiga, kirish kuchlanishi va ikkinchi kirish joyiga, R1 va R2 bo’linma orqali chiqish kuchlanishni bir qismi beriladi. Tok manbaini o’rta qismi nuqtasidan umumiy ulanish joyidir. Operatsion kuchaytirgichni chizmaga ulash usuli (12.28-rasm).


    Ko’p kaskadli operatsion kuchaytirgichlarda kirish signali va kuchlanish deyarli nolga tengdir. Operatsion kuchaytirgichlarni kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti juda yuqori bo’lishi mumkin. Masalan; K140UD8 mikrochizmalarga kuchlanish 50000 teng bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda bu katta koeffitsientni kamaytirishga to’g’ri keladi, bo’linma qarshiliklar bu ishni bajaradi.




    Download 4,71 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §12.10.O’zgaruvchan signallar kuchaytirgichni tanlash

    Download 4,71 Mb.