|
Keng qamrovli kuchaytirgichlar (KQK)
|
bet | 89/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)Keng qamrovli kuchaytirgichlar (KQK). Bunday rusumdagi kuchaytirgichlar keng spektrli chastotalarni kuchaytirish uchun mo’ljallangan. Masalan ossillograflar yordamida tadqiq etiladigan keng qamrovli signallar, yoki o’ta yuqori chastotali (SChV diapazon)li signallarni talab etilgan darajada kuchaytirib beradi. Desimetrli to’lqinlarda (DMV)da ishlaydigan barchatelevideniya qurilmalariga foydalaniladi. Barcha turdagi kuchaytirgichlarni asosiy tavsifi kuchlanishni, tok kuchini, va quvvatni kuchaytirish koeffitsienti hisoblanadi. Kuchaytirgichning asosiy elektron qurilmasi bu –tranzistordir. Oddiy o’zgarmas tok (fototok)ni tranzistor yordamida kuchaytirishni ko’rib chiqamiz. (12.22-rasm).
12.22-rasm. Fototokni kuchaytirish sxemasi
Agar fotorezistor FSK-1 tranzistor bazasiga ulangan. yorug’lik energiyasi fotorezistor sirtiga tushganda, rezistor ochiladi va bazaga Ib tok keladi. Tranzistor ishga tushadi. Yorug’lik energiyasining o’zgarishi, tranzistor baza tokini o’zgarishiga, o’z navbatida kollektor toki Ik ham kuchayadi. Tranzistorni kuchaytirish tartibi ana shunday jarayonda sodir bo’ladi. Tranzistorning statik koeffitsienti-V bazadagi tok bilan o’zaro bog’liqligi quyidagi ifodada ko’rsatilgan.
yoki
Turli xil tranzistorlar qo’llanilishni hisobga olsak ularni statik koeffitsienti V=10dan 100gacha o’zgaradi. Bu koeffitsient o’zgaruvchan bo’lib tranzistor bazasini tokini o’zgarishiga qarab o’zgaradi. Tranzistorning kollektor tokini oshirish zarur bo’lib, boshqa bir tranzistorli kuchaytirgichdan foydalansa bo’ladi.
12.23-rasm. Fototokli kuchaytirgichni yana bir ko’rinishi
Ikki kaskadli kuchaytirgich (2-rasm) ishlash rejimi quyidagicha. VT1- tranzistorga tushgan yorug’lik energiyasi hisobidan baza toki oshadi, shuni hisobidan ikkinchi VT2- tranzistor zanjiridagi tok ham oshadi. Kollektor va emitter zanjiridagi yuklamalar tranzistorli kuchaytirgichni rejimini ham o’zgartirib yuboradi.
|
| |