|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 72/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)§ 11.9. Quyi chastotaviy korreksiya
Kuchaytirgichning chastotaviy xarakteristikasi- ni quyi chastotalar sohasida korreksiyalash uchun uning chiqish (yuklama) zanjiriga va Sf elementlarning parallel ulanishidan hosil qilingan zanjir kiritiladi. Bu zanjir kuchaytirichni umumiy manba orqali sodir bo’ladigan zararli teskari bog’lanish hodisasidan va kuchlanish sakrashlaridan himoya qiluvchi filtr vazifasini ham bajaradi.
11.27-rasmda korreksiya zanjiri kollektor (a) va stok (b) yuklamasi bilan ketma-ket ulangan kuchaytirgichlarning prinsipial sxemalari ko’rsatilgan.
11.27- rasm. Bipolyar (a), unipolyar (b) tranzistorlarda yig’ilgan past chastotali korreksiya zanjiriga ega bo’lgan kuchaytirgichning prinsipial sxemasi
Ularda korreksiya zanjiri o’rta va yuqori chastotalarda kuchaytirish koeffitsientiga ta’sir etmasligi uchun
(11.32a)
tengsizlik o’rinli bo’lishi, ya’ni Sf kondensator Rf rezistorni to’la shuntlashi kerak.
Chastota kamayishi bilan Sf kondensatorning sig’im qarshiligi ortadi va kuchaytirgichning yuklamasini orttiradi. Natijada kuchaytirish ortadi va S ajratuvchi kondensator ta’sirida kuchaytirish koeffitsientining kamayishi bartaraf qilina boshlaydi. Bu vaqtda
(11.32b)
tengsizlik bajarilsa, kuchaytirgichlarning yuklamasi, mos ravishda, Rk+ Rf va Rc + Rf qiymatga erishadi. Shuning uchun Rf>>Rk va Rf>>Rc qilib olib, kuchaytirish qiymatini yetarlicha katta qiymatga oshirish, ya’ni o’tkazish sohasini yetarlicha kichik chastota sohasi tomon kengaytirish mumkin.
Demak, (11.32a) va (11.32b) tengeizliklar past chastotaviy korreksiya zanjirining elementlarini tanlash shartidir.
Kuchaytirgichning soddalashtirilgan sxemasi yordamida uning asosiy kattaliklarini aniqlaylik. Agar bipolyar tranzistordagi ichki teskari bog’lanish hisobga olinmasa, 11.25a-rasmda ko’rsatilgan kuchaytirgichlarning quyi chastota sohasi uchun ekvivalent sxemalari bir-biriga o’xshash bo’ladi (11.13 6 va 11.16 b-rasmlar), chunki va R22=Ri Shuning uchun korreksiyalashning mohiyatini aniqlashda ulardan bittasini tekshirish yetarlidir. Biz unipolyar tranzistorli kuchaytirgichni olaylik. Uning ekvivalent sxemasi 11.26- rasmda ko’rsatilgan.
|
| |