|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 70/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)11..24-rasm. Rezonans kuchaytirgich va tebranish konturining chastotaviy xarakteristikasi
Ko’p radiotexnikaviy masalalarni hal etishda yuqori chastotali tebranishlarning ma’lum chastota soxasini kuchaytirish talab qilinadi. Buning uchun o’gkazish sohasi to’gri to’rtburchak shakliga yaqin bo’lgan kuchaytirgich talab qilinadi.
O’zgarmas sohali kuchaytirgich shunday kuchaytirgich bo’lib, unda yuklama vazifasini optimal bog’lanishli bog’langan tebranish konturlari snstemasi bajaradi. Ko’pincha, ikki konturli boglangan tebranish konturlari tizimidan foydalaniladi. Konturlarning ulanish uslubi yakka konturnikiga o’xshash bo’lib, farqi har bir konturga ayrim holdagi mustaqil zanjir ulangan bo’ladi. Kuchaytirgichning asosii kattaliklari tizimdagi konturlarning o’zaro qanday bog’langanidan, ularning yuklama zanjiri va kuchaytiruvchi element bilan qanday ulanishidan qat’iy nazar hamma holda bir xil usulda aniqlanadi. 11.23a-rasmda ikkilamchi konturi keyingi kaskadning kuchaytiruvchi elementiga parallel ulangan kuchaytirgichning umumlashgan sxemasi ko’rsatilgan.
11.25-rasm. O’zgarmas sohali kuchaytirgichning umumlashgan (a) va ekvivalent (b, v) sxemalari
Agar kuchaytiruvchi element bipolyar tranzistor bo’lsa, kuchaytirgichning ekvivalent sxemasi 11.23 b-rasm ko’rinishida bo’ladi. Undan kuchaytirish koeffnsienti uchun quyidagi munosabat hosil bo’ladi:
(11.27)
Uning moduli
(11.28)
o’zgarmas sohali kuchaytirgich chastotaviy xarakteristikasining tenglamasidir.
Rezonans vaqtida (11.28) ifodaning reaktiv tashkil etuvchisi nolga teng bo’ladi va kuchaytirish koeffisienti o’zining eng katta qiymatiga erishadi:
(11.29)
Agar tizimdagi konturlarni bir xil (Z1 = Z2 = Z) deb olib, bog’lanish parametri deb ataladigan
(11.30)
kattalikni kiritsak, (11.29) ifoda quyidagi sodda ko’rinishga keladi:
P1 P2Zp (11.31)
Bu ifodani rezonans kuchaytirgichning (11.26) kuchaytirish koeffitsienti ifodasi bilan solishtirsak, ular bir-biridan koeffisientga farq qilishini ko’rish mumkin. Bu degan so’z bir xil sharoitda o’zgarmas sohali kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti rezonans kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsientidan kichik bo’lar ekan. Konturlar orasidagi o’zaro bog’lanishning kritik qiymatida, ya’ni m=1 bo’lganda, bu farq 2 martaga yetadi. 11.24-rasmda o’zgarmas sohali kuchaytirgichning konturlarining optimal bog’lanish holidagi chastotaviy xarakteristikasi ko’rsatilgan.
|
| |