Toshkent davlat transport universiteti




Download 4,71 Mb.
bet71/125
Sana16.11.2023
Hajmi4,71 Mb.
#99646
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Bog'liq
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

11.26-rasm. O’zgarmas sohali kuchay­tirgichning chastotaviy xarakteristikasi


§ 11.8. Keng sohali kuchaytirgich


Ko’p radioelektron qurilmalarda keng chastota spektriga ega bo’lgan murakkab shakldagi signallar - impuls signallarini kuchaytirish talab etiladi. Bunday signallarning barcha tashkil etuvchilarini birtekis kuchaytirish uchun kuchaytirgichning o’tkazish sohasi bir necha gersdan to bir necha megagersgacha yetishi ke­rak. Bunday shartni yuklamasi chastotaga bog’liq bo’lmagan kuchaytirgichlar bajaradi. Ular rezistorlarda tuzilgan kuchaytirgichlardan iboratdir. Signal spektrida yuqori chastotali tashkil etuvchilar ham bo’lgani uchun bu kuchaytirgichning kuchaytiruvchi elementi kichik miqdorli ekvivalent kirish va chiqish sig’imiga ega bo’lishi kerak.
Ma’lumki, rezistorlarda tuzilgan kuchaytirgichning o’tkazish sohasi 11.17-rasm) quyi chastotalar tomonidan o’tish zanjirining vaqt doimiysi (τn=CRekv ),yuqori chastotalarda esa, yuklama zanjirining vaqt doimiysi (τv= C0Rekv) bilan chegaralangan bo’ladi. Shunga ko’ra, o’tkazish sohasini quyi chastotalar tomoniga qarab kengaytirish uchun o’tish zanjirining vaqt doimiysini ajratuvchi kondensator sig’imini, yoki yuklama rezistorining qarshiligini kattalashtirish hisobiga orttirish kerak. Lekin Rn rezistor qarshiligini juda katta qilish mumkin emas. Shuning uchun faqat ajratuvchi kondensatorning S sig’imini kattalashtirish mumkin.
Kuchaytirgichning chastotaviy xarakteristikasini yuqori chastotalar sohasiga qarab kengaytirish uchun esa, yuklama zanjirining vaqt doimiysini kichraytirish kerak. Buning uchun yo Rekv ni, yoki So sig’imni kichray­tirish lozim. Lekin Rekv qarshilikning kichrayishi kuchaytirish koeffitsientining kichrayishiga olib keladiki, bu maqsadga muvofiq emas. S0 sigimni cheksiz kichraytirish ham mumkin emas, chunki Sm montaj sig’imi, Skir2 keyingi kaskadning kirish sigimi va boshqalardan qutulish mumkin emas.
Demak, kuchaytirgich sxemasidagi elementlarni o’zgartish hisobiga yetarlicha keng o’tkazish sohasiga erishish mumkin emas.
Kuchaytirgich o’tkazish soxasini kengaytirishning ikki xil usuli mavjud: ko’p kaskadli kuchaytirgich yasash va kuchaytirgichning sxemasiga maxsus zanjir ulash. Bu zanjirlar korreksiya zanjirlari deb ataladi.
Kuchaytirgichning chastotaviy (yoki fazaviy) xarakteristikasini quyi chastotalar sohasida o’zgartiradigan zanjir quyi chastotaviy korreksiya zanjiri deb, yuqori chastotalar sohasida o’zgartiradigan zanjir esa, yuqori chastotaviy korreksiya zanjiri deb ataladi. Korreksiya zanjiriga ega bo’lgan va signallarning keng chastota spektrini kuchaytira oladigan kuchaytirgich korreksiyalangan yoki keng sohali kuchaytirgich deb ata­ladi.
Umumiy holda korreksiya zanjirlari xilma-xil bo’lib, yetarlicha murakkab tuzilishga ega. Shulardan biz eng sodda parallel korreksiya zanjiri bilan tanishamiz.



Download 4,71 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Download 4,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat transport universiteti

Download 4,71 Mb.