• 11.14-rasm. RC - kuchaytirgich; a - bipolyar tranzis­torda; b - unipolyar tranzistorda
  • §11.6. RC - kuchaytirgich




    Download 4,71 Mb.
    bet65/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    §11.6. RC - kuchaytirgich


    RC - kuchaytirgich past chastotali signalning kuchlanishnni oshiruvchi kuchaytirgichdir. Unda yuklama sifatida rezistor qo’llanilgani uchun uni rezistorlarda tuzilgan kuchaytirgich yoki qisqacha RC - kuchaytirgich deynladi. Uning kuchaytirish xususiyatlarn keng chastotalar oraligida signal chastotasiga bog’liq emas.
    11.14-rasmda bipolyar va unipolyar tranzistorda tuzilgan RC- kuchaytirgichning prinsipial sxemasi ko’rsatilgan.

    11.14-rasm. RC - kuchaytirgich; a - bipolyar tranzis­torda; b - unipolyar tranzistorda
    Undagi passiv elementlar turli xil vazifani bajaradi. Masalan, passiv zanjirlardan Se Re, Si Ri va R1 R2 kuchaytirgichning o’zgarmas tok bo’yicha, qolgan elementlar esa, o’zgaruvchan tok bo’yicha ish rejimini belgilaydi.
    Kuchaytirish jarayonida boshqaruvchi elementning chiqishida (kollektorda, stokda) kattaligi o’zgaruvchan kuchlanish kattaligiga yaqin bo’lgan o’zgarmas kuchlanish mavjud bo’ladi. Bu kuchlanish keyingi kuchaytirish kaskadining kirish zanjiriga uzatilsa, uning o’zgarmas tok bo’yicha ish rejimi buziladi. Bundan qutilish uchun kuchaytirish kaskadlarining orasiga kondensator ulanadi. Uni ajratuvchi kondensator (S) deb ataladi. U o’zgaruvchan tashkil etuvchi bo’yicha kuchaytirgichning chiqishini keyingi kaskadning kirishi bilan bog’laydi, o’zgarmas tashkil etuvchi tokni esa o’tkazmaydi. Shunga ko’ra RC - kuchaytirgich sig’im bog’lanishli kuchaytir­gich deb ham ataladi.
    Kuchaytirgichning ish rejimi sxemadagi zararli elementlarga ham bog’liq. Ular asosan kuchaytiruvchi ele­mentning elektrodlararo sig’imidan, montajining Sm sig’imidan va keyingi kuchaytirish kaskadining kirish sig’imidan iboratdir. Kuchaytirgichning xususiyatlarini o’rganishda ular albatta hisobga olinishi zarur.
    Kuchaytirgichning statsionar xarakteristikalarini aniqlash uchun kuchaytirish koeffitsientining sxema parametrlari orqali qanday ifodalanishini bilish kerak. Uni kuchaytirgichning ekvivalent sxemasi yordamida topiladi.
    Ko’pincha bipolyar tranzistorli kuchaytirgichning asosiy parametrlarini aniqlashda U - parametrlardan foydalanish qulay bo’ladi. U tranzistorning P - simon ekvivalent sxemasi orqali ifodalanadi (11.12- rasm).


    Download 4,71 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125




    Download 4,71 Mb.